• Videoxotira.
  • Mavzu: kompyuterlarning texnik




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/16
    Sana12.03.2022
    Hajmi136.22 Kb.
    #18578
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    kompyuterlarning texnik taminoti

    Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
    doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy 
    sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham 
    u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC 
    kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion 
    sistemasini 
    boshlanQich 
    yuklanishini 
    ta'minlash, 
    qurilmalarga 
    xizmat 
    ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
    Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun 
    ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning 
    yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha 
    tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi 
    nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga 
    murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. 
    Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha 
    kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. 
    PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
    Videoxotira. 
    Videoxotira 
    monitor 
    ekraniga 
    video 
    ma'lumotlarni 
    (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki
    videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning 
    uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. 
    Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
    Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar 
    mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar 
    mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb 
    ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan 
    aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir 
    qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron 
    plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi 
    kompyuterlar ta'mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish 
    va o`zgartirish imkoniyatini beradi. 

    Download 136.22 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish