KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHDA JARAYONLAR VA MATERIALLAR BALANSI




Download 1,57 Mb.
bet2/3
Sana21.01.2024
Hajmi1,57 Mb.
#142254
1   2   3
Bog'liq
Ruhshona Tangriyeva

2. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHDA JARAYONLAR VA MATERIALLAR BALANSI

  • Sanoat apparatlari va borliq kimyoviy-texnologik sistemalar ishlab turgan ishlab chiqarish tajribasi asosida yoki kimyoviy texnologik qonuniyatlarga monand laboratoriyada o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlarga asosan ishlab chiqiladi. Yangi ishlab chiqarishni tashkil etishda bajariladigan ishlar texnologik, konstruktiv (tuzilish) va texnik-iqtisodiy hisoblardan iborat bo'lib, bunda muhandis-texnologlar, loyihalash muhan-dislari, muhandis-iqtisodchilar, energetiklar, santexniklar va quruvchi muhandislar ishtirok etadi. Zaruriy ko‘rsatkichlar. Vazirlik, boshqarmalar yoki korxona (agar qayta ta’mirlash, texnologik jarayonni o‘zgartirish bo‘lsa) talabiga asosan ilmiy tadqiqot institutlari yoki yangi texnologiya egasi (mualliflari) yangi korxona yoki sexni qurish uchun zamriy ko'rsatkichlami taqdim etadi. Masalan, sexni loyihalash ko'rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) sexning qurilish joyi; 2) ishlab chiqarish mahsuldorligi; 3) xom ashyo sifati va tarkibi; 4) mahsulot turlari; 5) ishlab chiqarish texnologik sxemasi; 6 ) texnologik tartib (rejim) ko'rsatkichlari; 7) texnologik mashina apparatlar va ulaming materiallari; 8) nazorat sxemasi va jarayonni boshqarish; 9) avtomatik boshqarish va boshqa zaruriy hujjatlar. Texnologiyani boshqarish uchun jarayonlar reglamenti, texnik shartlar va boshqalar tavsiya etiladi. Boshlang'ich zaruriy ko'rsatkich va hujjatlar loyihalash tashkiloti tomonidan tekshirilib, tahhl qilinadi va ijrochi bilan birgalikda ayrim o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Hukumat, vazirlik yoki mutasaddi tashkilot topshirig'iga asosan loyihalash ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqich — loyiha topshirig'i qurilish joyini tanlash va asoslash, ishlab chiqarish usuli, xom ashyo va energiya manbalari, prinsipial texnologik sxemani ishlab chiqish, asosiy jarayon va apparatlaming hisobi, ishlab chigaruvchi kuchlar (shtatlar)ni aniqlash, qurilish hajmi va mahsulot tannarxini hisoblashdan iborat bo'ladi. Loyiha topshirig'ining asosini texnologik hisoblar tashkil qiladi. Turli ishlab chiqarish usullarini texnoiqtisodiy solishtirish orqali xom ashyo, energiya, jarayon va apparatlaming optimal ko'rsatkichlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqich — ishchi chizmalar har bir bo‘lim uchun ipidan ignasigacha aniqlikda tayyorlanadi. Uning yordamida sexning qurilishi, texnologik qurilmalar (mashina, apparat va boshqalar) montaji (o‘matilishi), kommunikatsiya va avto-matlashtirish shaxobchalarini joylashtirish ishlari olib boriladi
  • . Ishlab turgan korxonada mahsulot turini o‘zgartirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida qilinadigan qayta ta’mirlash ishlari bo‘lsa, zaruriy ko‘rsatkichlar asosida loyihalash tashkiloti yoki korxonaning loyihalash bo‘limi bajarishi mumkin. Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tuzib chiqib, xom ashyo, yarimmahsulot va mahsulot yo‘nalishlari va miqdorlari aniqlangach, material va energetik balanslar aniqlanadi. Material va energetik balanslar hamda matematik modellash yangi ishlab chiqarishni loyihalash yoki harakatdagi ishlab chiqarishni tahlil qilish uchun tuzilishi mumkin. Material balans — massalar saqlanish qonunining moddiy ifodalanishi bo‘lib, har ganday yopiq sistema o ‘zaro ta’sir qiluvchi moddalar miqdori, ta’sirlashuvda hosil bo‘lgan moddalar miqdoriga teng bo'ladi. Material balans tuzilganda xom ashyodagi qo‘shimchalar bilan ketadigan ikkilamchi jarayonlar e’tiborga olinmay, asosiy moddalar e’tiborga olinadi. Moddalar massasini aniqlashda qattiq, suyuq va gaz fazalari hisoblanadi va balans quyidagicha ifodalanadi: 14 Gk + Gs + G G = G ‘k + G § + G ‘g (1-7) Bu yerda: Gk, Gs, Gg — ishlab chiqarishga yoki ma’lum bosqichga (apparatga) tushayotgan (kirayotgan) qattiq, suyuq va K-i/.simon moddalar massasi, G ‘k, G ‘s, G ‘g — ishlab chiqarish niiihsuloti massalari. Qattiq yoki suyuq moddalar bir necha turda bo'lishi yoki uch fazadan birortasi bo'lmasligi mumkin. Unda 1.7-formula soddalashishi yoki murakkablashishi mumkin. Material balans moddalar sarfi yoki hosil bo'lishi ma’lum vaqt birligi ichida hisoblanadi

Download 1,57 Mb.
1   2   3




Download 1,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHDA JARAYONLAR VA MATERIALLAR BALANSI

Download 1,57 Mb.