Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari




Download 59.8 Kb.
bet3/6
Sana31.03.2022
Hajmi59.8 Kb.
#19171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshpolatov Avazbek.Bannk ishi.
183 Шавкат Мирзиёев Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик миллий, Programma BMI0, 1 Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida Fanning pre
3.Kreditning taminoti
Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish maqsadida mikrokredit berishning tartiblariga jiddiy o„zgartirishlar kiritilib borilmoqda. Endilikda fermer yoki tadbirkor bo„lishni xohlagan ishlab chiqarish bilan shug„ullangan jismoniy shaxsga 10 ming dollargacha, yuridik shaxsga 10 ming dollargacha imtiyozli ustamalar bilan mikrokredit ajratiladi. Bu kreditni qaytarish muddati esa 3 yil qilib belgilandi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo„jaliklariga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to„g„risida» 2000-yil 21-martdagi PF-2564 sonli farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan «Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish maxsus jamg„armasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi Nizom» ga muvofiq imtiyozli kreditlar beriladi. Tijorat banklari imtiyozli kredit berish jamg„armasi mablag„lari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar. Imtiyozli kredit berish jamg„armasi mablag„lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirlarning o„zini qoplashiga bog„liq bo„ladi, chunonchi:  xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo„lgan aylanma mablag„larni to„ldirishga kreditlar kichik va o„rta tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga ko„ra, 1 yil muddatgacha beriladi;  qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag„larni to„ldirishga kreditlar fermer xo„jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo„lgan xo„jaliklarga, qoidaga ko„ra, kamida 2 yil muddatga beriladi;  investitsiya loyihalarini mablag„ bilan ta‟minlash uchun kreditlar kichik va o„rta tadbirkorlikning barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bo„lgan fermer va dehqon xo„jaliklariga to„lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Aylanma mablag„larni to„ldirish uchun kichik va o„rta tadbirkorlik 332 subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo„ljallangan aylanma mablag„larni to„ldirish uchun dehqon va fermer xo„jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddati uzaytirilishi hisobga olingan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo„jaliklarining qishloq xo„jaligi faoliyati bilan bog„liq bo„lmagan aylanma mablag„lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo„yicha ulardan foydalanish muddatlari, qaytarish muddati uzaytirilishi hisobga olingan holda, 12 oy etib belgilanadi. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar bo„yicha imtiyozli davr belgilashi mumkin. Jamg„arma mablag„lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog„liq bo„lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:  ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;  mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug„lik, mol va parrandalar sotib olish;  xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, o„simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o„g„itlar, yonilg„i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo„yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish;  jamg„arma mablag„lari hisobidan olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk olishga berilishi mumkin emas. Jamg„arma mablag„lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash bo„yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo„lmagan miqdorda belgilanadi;  kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joy bo„yicha beriladi;  zarar ko„rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo„lgan qarz oluvchilarga jamg„arma mablag„lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari 333 berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi kerak. [211]. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:  kredit buyurtmanomasi;  qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko„rsatilgan holdagi biznes-reja;  davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan, so„nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to„g„risida ma‟lumotnoma (2a-shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar bo„yicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to„g„risida hisobot (2-shakl), dehqon xo„jaliklari bundan mustasno;  imtiyozli kredit berish to„g„risidagi nizomning 17-bandida ko„rsatilgan kreditni qaytarishni ta‟minlash shakllaridan bittasi. To„lamaslik xavfini bartaraf etish uchun oluvchi ta‟minotiga ega bo„lishi kerak, ta‟minotga bo„lgan asosiy talab uning likvidligi hisoblanadi. Qarz oluvchi bankka ta‟minlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim etishga haqlidir:  mol-mulkni yoki qimmatli qog„ozni garov sifatida qo„yish;  bank yoki sug„urta tashkiloti kafolatnomasi;  uchinchi shaxslarning kafilligi;  sug„urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavfini sug„urta qilish to„g„risidagi sug„urta polisi. Banklar o„zlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo„lgan qarz oluvchilarga, Nizomning 17-bandida ko„rsatib o„tilgan qaytarish ta‟minotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga haqlidir. Mol-mulkni garovga qo„yish kreditning qaytarilishini ta‟minlash shakllaridan biridir. «Garov to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, erkin almashtiriladigan valuta va shu kabilar garov predmeti bo„lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan, garov predmeti bo„la olmaydigan buyumlar bundan mustasno. Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdorida 334 mol-mulk ham ushbu kredit bo„yicha garov predmeti bo„lib xizmat qilishi mumkin. Kafolatnoma O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29- moddasiga muvofiq kafilning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. Kafillik O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-moddasiga muvofiq qarzdor va kafil o„rtasida bank-benefitsiar foydasiga yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kredit paketini tahlil qilish chog„ida bank kredit bitimining har xil jihatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbarlik nufuzini (oldingi ish joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning o„z vaqtida qaytarilishini ta‟minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi. Aylanma mablag„larni to„ldirishga kredit olish uchun «Nizom»ning 16-bandida ko„rsatib o„tilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu kredit bo„yicha bank xulosasini berishgacha bo„lgan muddat tijorat banklari bo„limlari tarkibida bo„limlari bo„lmagan tijorat banklari, shuningdek, xususiy banklar uchun – 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo„limlari uchun – 15 ish kunidan, bosh (respublika) banklari uchun – 20 ish kunidan oshmasligi kerak. Investitsiya loyihasini mablag„ bilan ta‟minlash uchun kredit olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan ko„rib chiqish muddati tegishli ravishda, biroq ko„pi bilan ikki baravar uzaytirilishi mumkin. Kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank bo„limi rahbari yoki u vaqtincha bo„lmagan taqdirda uning o„rinbosari o„z vakolati doirasida muddati va foiz stavkasi ko„rsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish to„g„risida buxgalteriyaga buyruq beradi. Kredit berish to„g„risida qaror qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit shu kartochka bo„yicha nazorat qilib boriladi. Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim etilgandan keyingina ochiladi. . Kreditlar alohida ssuda raqami ochish va qarz oluvchining tovar-moddiy boyliklar uchun to„lov topshiriqnomasi ushbu hisob raqamidan naqd pulsiz to„lash yo„li bilan beriladi. Kredit xodimining farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari bo„yicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit berish muddatlariga ko„ra, kredit to„liq qaytarilgungacha ko„zda tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Kreditni qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning pul oqimlari tushishi istiqbollariga ko„ra bir necha bosqichda qaytarilishini nazarda tutadi. Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul bo„lmaganda kredit muddati o„tgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning bo„yicha muddatli majburiyatlari esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va kalendar bo„yicha navbatli tartibda to„lanadi. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin to„lanadi. Mikrofirmalarga, kichik va o„rta korxonalarga, dehqon va fermer xo„jaliklariga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga ko„ra, tijorat bankining tegishli balans hisob raqamlarida O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq hisobga olinadi. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko„maklashishga yo„naltirilishi kerak. Monitoring jarayonida mijozning xo„jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo„qotishlar, muomala chiqimlari, foyda hajmlari, o„z aylanma mablag„lari mavjud bo„lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralarining ahvoli, aylanma mablag„larning muomalada bo„lishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kredit ishidagi ko„rsatkichlarni turkumlagan holda, kreditga qodirlik bo„yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi. Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi o„rganiladi. Bank qurilishni mablag„ bilan ta‟minlashga berilgan kreditlar bo„yicha monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida o„lchab chiqadi. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik holati aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib 336 olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga ega.

Download 59.8 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 59.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari

Download 59.8 Kb.