• 2. Davlat krediti
  • 4. Iste‟molchi krediti
  • 5. Xalqaro kredit
  • Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari




    Download 59.8 Kb.
    bet4/6
    Sana31.03.2022
    Hajmi59.8 Kb.
    #19171
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Toshpolatov Avazbek.Bannk ishi.
    183 Шавкат Мирзиёев Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик миллий, Programma BMI0, 1 Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida Fanning pre
    4.Kreditning shakllari
    1. Bank krediti - Iqtisodiyotda juda keng tarqalgan kredit shakli bo„lib, uning obyekti pul mablag„larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Qarz beruvchi sifatida esa faqatgina banklar qatnashadi. 2. Davlat krediti - Kreditlash aholiga sotiladigan davlat zayomlari, obligatsiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi. Demak, davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. 3. Tijorat krediti- Bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bu kredit moliya va tovar krediti shaklida bo„lishi mumkin. Moliya krediti eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari bo„yicha, importyorlarga sotib oladigan tovarlariga to„lashi uchun pul qarzi ko„rinishida beriladi. Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor sotuvchiga o„z qarzini tasdiqlovchi guvohnoma-veksel beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so„m tursa, shu qarz miqdori hisoblanadi. Tovar krediti lizing shaklida ham bo„lishi mumkin. Lizing shartnomalari bo„yicha qimmat turadigan mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olib ishlatiladi.
    4. Iste‟molchi krediti - Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga qarz bersa, iste‟molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste‟molchi krediti paydo bo„ladi. Bu kredit aholiga iste‟mol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o„zaro yordam qarzlari va boshqa ko„rinishlarda qarz beriladi. Bu faqat iste‟molni qondirishga xizmat qiladi.
    5. Xalqaro kredit - Bu muddatli, qaytimli va foiz to„lash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli qog„ozlariga foyda olish maqsadlarida qo„yiladigan kapital.

    Download 59.8 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 59.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Kreditning taminoti va uning shakllari reja: Kirish Kreditning taminoti va uning shakllari

    Download 59.8 Kb.