Fayllarni boshqarish uchun LINUX buyruqlari




Download 0,83 Mb.
bet15/18
Sana21.05.2024
Hajmi0,83 Mb.
#248567
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
AMRULLOYEV FIRDAVS KURS ISHI

Fayllarni boshqarish uchun LINUX buyruqlari
ls-kataloglar tarkibini ko'rish uchun ishlatiladi. Odatda joriy katalog tarkibini ko'rsatadi. Agar parametrlarda biror kataloggacha yo'l ko'rsatilsa, unda tanlangan katalog tarkibini ko'rsatadi. Qo’shimcha tarzda -l (List) va -a (All) opsiyalari bilan ishlatilishi mumkin. Birinchisi katalog tarkibini batafsil ma'lumotli ro'yxat sifatida ko’rsatadidi, ikkinchisi esa yashirin fayllarni ko'rish imkonini beradi.
more-parametrda berilgan fayl mazmunini ekranga chiqarish.
head-parametrda berilgan faylning birinchi 10ta satrini ekranga chiqaradi.
tail-parametrda berilgan faylning oxirgi 10 ta satrini ekranga chiqaradi.
cat-parametrda berilgan fayl mazmunini standart chiqishga chop etadi. Agar parametrda bir nechta fayllar uzatilsa, ular ketma-ket chop etiladi. Bundan tashqari, chiqishni '>' belgisi yordamida boshqa faylga yo'naltirish xam mumkin. Agar faqat ma'lum bir sondagi qatorlarni chop etish talab etilsa, -n (Number) opsiyasidan foydalanish mumkin.
cd-joriy katalogdan ko'rsatilgan katalogga o'tishga imkon beradi. Agar parametrlarsiz ishlatilsa, u uy katalogiga qaytadi. Ikki nuqta bilan ishlatilsa joriy katalogga nisbatan bir daraja yuqori katalogga qaytadi. “-” tire bilan ishlatilsa(cd -) oldingi katalogga qaytadi.
pwd-Joriy katalog nomini ekranga chiqaradi. Agar Linux buyruq satri bunday ma'lumotlarni chiqarmasa, bu buyruq foydali bo'lishi mumkin. Bu buyruq katalogga havola olish uchun skript bajariladigan Bash dasturlashda foydali bo'ladi.
MKDIR-yangi kataloglar yaratish buyrug’i. Eng qulay opsiyalardan bittasi -p (parents), bitta buyruq bilan butun ichki katalog tuzilishini agar ular mavjud bo'lmasa ham yaratish imkonini beradi.
FILE- buyrug'i fayl turini ko'rsatadi. Linuxda fayllar bilan ishlash uchun ular har doim kengaytmaga ega bo'lishi shart emas. Shuning uchun, ba'zida foydalanuvchi oldida qanday fayl turganini aniqlash qiyin bo'ladi. Bu buyruq bu muammoni hal qiladi.
CP-fayl va kataloglardan nusxa ko'chirish buyrug’i. Bu buyruq kataloglar tarkibini rekursiv ravishda nusxasini ko'chirmaydi (ya'ni, barcha ichki kataloglar va ichki kataloglardagi barcha fayllar), shuning uchun -r (Rekursiv) yoki -a (Arxiv) opsiyalarini qo'shib ishlatish tavsiya etiladi. CP-fayl va kataloglardan nusxa ko'chirish buyrug’i. Bu buyruq kataloglar tarkibini rekursiv ravishda nusxasini ko'chirmaydi (ya'ni, barcha ichki kataloglar va ichki kataloglardagi barcha fayllar), shuning uchun -r (Rekursiv) yoki -a (Arxiv) opsiyalarini qo'shib ishlatish tavsiya etiladi. Ikkinchi parametr rekursiv nusxalashdan tashqari atributlarni, katalog egasi(yaratuvchisi)ni va vaqt tamg'asini saqlash imkoniyatini beradi.
MV-fayllar va kataloglarni ko'chirish yoki nomini o'zgartirish buyrug’i. Shunisi e'tiborga loyiqki, Linuxda bu ikki amal bir xil operatsiya hisoblanadi. Ya’ni nomini o'zgartirish - faylni boshqa nom bilan shu papkaga ko'chirishni bildiradi.
RM-fayl va papkalarni o'chiradi. Agar rekursiv o'chirish talab etilsa, -r opsiyasidan foydalanish mumkin. Biroq, buyruqni ehtiyot bo'lib ishlatish kerak bo'ladi, muhim fayllaringizni o'chirib tashlash mumkin. Rm buyrug’i fayllarni “Karzina” qutisiga tashlamaydi, balki butunlay o'chirib tashlaydi. Rm buyrug’ining natijalari qaytarilmasdir. Ishoning, "rm mening kurs ishimni yedi" kabi bahonalaringiz hech kimga qiziq bo'lmaydi.

Download 0,83 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fayllarni boshqarish uchun LINUX buyruqlari

Download 0,83 Mb.