• Kurs ishining amaliy ahamiyati
  • I BOB Bayram tadbirlarini tashkil etish usullariNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Bayramlar va ko‘ngil ochar tadbirlarni texnik vositalar bilan bezash ishlari
  • Mavzu: maktabgacha ta`lim tashkilotida “navro`Z” bayramini loyihalashtirish mundarija: Kirish I bob bayram tadbirlarini tashkil etish usullarining nazariy asoslari




    Download 79,73 Kb.
    bet2/8
    Sana20.05.2024
    Hajmi79,73 Kb.
    #246384
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA “NAVRO`Z” BAYRAMINI LOYIHALASHTIRISH

    Kurs ishning obyekti: Bayram tadbirlarini tashkil etish usullarini yoritish jarayoni.
    Kurs ishning predmeti: Bayram tadbirlarini tashkil etish usullarini yoritish uslubiy asoslari.
    Kurs ishining maqsadi: Bayram tadbirlarini tashkil etish usullarini yo’llarini tatbiq etish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. Bayramlar va ko‘ngil ochar tadbirlarni texnik vositalar bilan bezash ishlari;
    2. Tadbirlarda rang va tutun tarqatuvchi elektro generatorlarning roli;
    3. O`zbek an`anaviy bayramlarini tashkil qilish;
    4. Bayramlarni tashkil etish asoslari;
    Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
    Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


    I BOB Bayram tadbirlarini tashkil etish usullariNING NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Bayramlar va ko‘ngil ochar tadbirlarni texnik vositalar bilan bezash ishlari
    Bayramlar o'z-o'zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-odat, an'analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g'oya uyg'unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada o'tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini ko'tarish va boshqa ijobiy xislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, o'z mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdodigiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga o'zgartirishiga olib keladi. Bayramlarni tashkil etishning asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan. Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini toidirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir.
    Har qanday bayramni to'g'ri tashkil etish rejissyorning nuqtayi nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bogiiq.
    Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta tashkilotchining o„zi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bayram tashkilotchisming asosiy vazifasi shundan iboratki, u o„z atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, o„z sohasini yaxshi biladigan, o„z ishiga mas'uliyat bilan qaraydigan, Tashkilotchi (rejissyorning) fikri, g'oyasi, oliy maqsadi, nuqtayi nazarini bir qarashda ilg'ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig'ib olishi kerak.Faoliyati davomida bayram tashkilotchisi ko'p muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.Shu sababdan bayram tashkiliy ishlarini taqsimlab olishi kerak. Yangi yildan tortib, Vatan himoyacliilari kuni, Hazrat Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Zulfiyaxonim, Muhammad Yusuf (va h.k)larning tavallud kunlari, Xotin-qizlar, Navro'z bayramlari, Kulgu kechalari, Xotira va qadrlash, Bolalar kuni, Xalqaro SPIDga qarshi kurash kuni, Mustaqillik, Ustoz va murabbiylar, Konstitusiya, Til bayramlari, Talabalar kuni va boshqalami tashkil etish va o'tkazishda madaniyat va san'at sohasi xodimiariga katta bilmi, tajriba va mahorat maktabi kerak bo'ladi.
    Mamlakatimizda o‘tkazilib kelayotgan bayramlar va ko‘ngil ochar tadbirlarni o‘tkazilishida tadbirlarning texnik vositalar bilan bezatish ishlariga katta e’tibor berilishi o‘tayotgan bayramlarning saviyasini, ta’sirchanligini belgilab beradi, qolaversa tadbirda ishtrok etayotgan yoshlarga tadbirning tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligini e’tirof etishimiz kerak.

    Download 79,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 79,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: maktabgacha ta`lim tashkilotida “navro`Z” bayramini loyihalashtirish mundarija: Kirish I bob bayram tadbirlarini tashkil etish usullarining nazariy asoslari

    Download 79,73 Kb.