Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar




Download 0,55 Mb.
bet10/14
Sana23.09.2024
Hajmi0,55 Mb.
#272018
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-maruza Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar

Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar.
Mantiq – mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmi asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost, yo yolg‘on bo‘lishi mumkin, qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya’ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni (birinchi mavzuda ta’kidlab o‘tilganidek) birinchi bo‘lib XIX asrda ingliz matematigi (irlandiyalik) Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi nazariyasi rivojlanishiga va oxir-oqibatda XX asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog‘liqlik asosida ishlaydi.
Kompyuter raqamli qurilmalarining mantiqiy holatlarini yozish va tahlil qilish qurilmasi yoki mikroprotsessorli tizimlarning aloqa kanallarini hamda protokollarini diagnostika qilish va sozlashda qo‘llaniladigan mantiqiy analizator qurilmasini hamda protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko‘rib chiqamiz. Insonlar kundalik hayotda o‘zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg‘onligi haqida so‘z yuritish mumkin bo‘lgan darak gap.
Demak, biror-bir gap mulohaza bo‘lishi uchun, u albatta darak gap bo‘lishi va rost yoki yolg‘onligi bir qiymatli aniqlanishi shart.
Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.
O‘zbek tilidagi barcha mulohazalar to‘plamini M orqali belgilaylik. M to‘plamning elementlarini lotin alifbosining bosmacha, indeksli yoki indekssiz bosh harflari bilan belgilashga kelishib olamiz. Ya’ni A, B, C,..., A1, A2, An — mulohazalardir. A mulohaza rost bo‘lsa, unga 1 ni, yolg‘on bo‘lsa, 0 ni mos qo‘yamiz, ya’ni to‘plamda quyidagi akslantirishni kiritamiz:

M(A) ga A mulohazaning mantiqiy qiymati deyiladi.

Download 0,55 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar

Download 0,55 Mb.