|
Mavzu: Matematik mantiq elementlari Reja
|
bet | 8/14 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #272018 |
Bog'liq 3-maruza Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlarFon – Neyman prinsiplari
EHM ning umumiy mantiqiy tuzilishini boshqacha aytganda, EHM arxitekturasi deyiladi. Quyidagi rasmda ifodalangan arxitektura klassik hisoblanadi. U Fon Neyman tomonidan taklif qilingan va EHM ning barcha xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Arifmetik–mantiqiy qurilma. (AMQ) Bu qurilmaning asosiy vazifasi xotiradan keluvchi ma’lumotni qayta ishlashdir. Zamonaviy EHM lar tarkibiga kiruvchi AMQ(arifmetik–mantiqiy qurilma) lar yuzgacha va undan ortiq amallarni bajara oladi. Oddiy arifmetik amallar - qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishlardan tashqari AMQ ma’lumotni tahrirlash, sonlarni taqqoslash, hisoblash tarmog‘ini aniqlash va hokazo amallarni bajaradi.
Fizikaviy tuzilishi bo‘yicha AMQ sof elektron qurilma bo‘lib, raqamli ma’lumotlarni juda yuqori tezlikda bajarish imkonini beradi. Zamonaviy EHM lar arifmetik va mantiqiy amallarni sekundiga millionlab bajaradi. Bu yuqori tezlikni amalga oshirish uchun qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish to‘liq avtomatlashuvi kerak.
Xotira qurilmasi. Hisoblar, oraliq va yakuniy natijalar, boshlang‘ich ma’lumotlar va EHM ning barcha ishlarini boshqaruvchi ma’lumotlarni qandaydir muddatga eslab qolish zarur. Shu sababli ixtiyoriy EHM xotiraga eslab qoluvchi qurilmaga ega bo‘ladi.
Zamonaviy EHMlarda turli xil xotira qurilmalari mavjud.
Eng tez «eslovchi» xotira–joriy (operativ) xotiradir. Joriy xotirada ayni paytda aniq bir masalani yechish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlargina saqlanadi. Ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun nisbatan sekin tezlikda ishlovchi va katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari ishlatiladi.
Tashqi deb atalishiga sabab, bunday xotiralar joriy xotiradan qurilma nuqtayi nazaridan ajratilgan (disketa, vinchester, CD va hokazo).
EHM ishlashida ma’lumotlarning ayrim qismlari o‘zgarmay qoladi. Masalan, ko‘p ishlatiladigan fizika o‘zgarmaslari, jadvallar, maxsus funksiyalar koeffitsientlari, standart dasturlar va hokazolar doimiy eslab qoluvchi qurilmalarga yozilishi mumkin va undan faqat katta tezlikda o‘qish mumkin. DQ(doimiy eslab qoluvchi qurilmalar) ga ma’lumot elektrik yoki mexanik usulda DQ yaratilish paytida yoziladi. Ayrim DQ lar qayta yozilishi mumkin. Masalan, shaxsiy EHM larda DQ da EHM ishga tushganda qurilmalarni tekshiruvchi va boshlang‘ich yuklashni amalga oshiruvchi dasturlar yozilgan bo‘ladi.
Boshqaruvchi qurilma(BQ). Bu qurilma amallarni bajarilish tartibini aniqlaydi, EHM ishini koordinatsiya qiladi va mashinaning alohida qurilmalari orasidagi o‘zaro munosabatlar «diplomatsiyasini» olib boradi. BQ boshqaruvidagi har bir tugallangan elementar harakatini bildiradi: masalan, ikkita sonni qo‘shish, ikkita kattalikni solishtirish va hokazo. Aynan BQ AMQ ni aniq bir amalni bajarishga sozlaydi, xotiradan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oladi, amal bajarilgandan keyin natijalarni xotiraga yozadi yoki o‘qish-yozish qurilmasiga jo‘natadi va nihoyat BQ dastur bajarilishining keyingi qadami haqida qaror qabul qiladi.
BQ va AMQ munosabati shu darajada uzviy bog‘liq va murakkabki, bu ikki qurilma bir guruhga birlashtirilib protsessor deb nomlanadi.
O‘qish-yozish qurilmasi. (O‘YoQ) O‘YoQ insonni mashina bilan muloqot vositasidir. O‘YoQ yordamida inson mashinaga dastur va dasturni boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni va qulay ko‘rinishda natijalarni oladi: jadval, grafika, sxema (chizma), tovush va hokazo.
EHM ga kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar qandaydir oraliq tashuvchilarda saqlanishi mumkin. Oraliq tashuvchilari sifatida perfokartalar, magnit lentalar, magnit disklar, egiluvchan disketalar, vinchester, chiplar, lazer disklari bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday EHM natijalari chiqarish (yozish) qurilmalar ro‘yxatiga – ekran, printer, grafika quruvchisi, planshetlarni misol qilib keltirish mumkin. Disketalar, vinchester, lazer disklari, modemlar bir paytda ma’lumot chiqarish va o‘qish vositalari bo‘ladi.
Tayyorlangan ma’lumotni katta tezlikda o‘qish va yozish mumkin. Buning uchun EHM da diskovodlar – egiluvchi disketalar uchun, CD-ROM – lazer disklar uchun, printerlar – qog‘ozga chiqarish uchun, modemlar – boshqa kompyuterlarga ma’lumot jo‘natish qabul qilish uchun va boshqa maxsus o‘qish-yozish qurilmalari yaratilgan.
Tizimli shinalar protsessor va EHM ning boshqa qurilmalari orasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan. 3 xil turdagi shinalar mavjud:
–boshqaruv shinasi,
–ma’lumotlar shinasi,
–adreslar shinasi.
|
| |