• Minikompyuterlar
  • Noutbuk kompyuterlar.
  • Shaxsiy kompyutеrlarning turlari




    Download 0,55 Mb.
    bet9/14
    Sana23.09.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #272018
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    3-maruza Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar

    Shaxsiy kompyutеrlarning turlari.
    Hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:
    –mini kompyuterlar (Minicomputer); (a - rasm)
    –bloknot (noutbook) kompyuterlar. (b - rasm)
    –shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); (c - rasm)
    –blok kompyuterlar (Manframe Computer); (d - rasm)
    –super kompyuterlar (Super Computer); (e - rasm)



    a

    b

    c

    d

    e

    2–rasm. Kompyuter turlari.


    Minikompyuterlar. Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan bloknot kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning hajmi tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo‘la oladi (2 – rasm a bandi).
    Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o‘rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o‘zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba, Hewlett - Packard va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o‘z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo‘lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho‘ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir (2 – rasm b bandi).
    Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham dastur ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to‘g‘ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan Intel Core protsessori o‘rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 2.4 gegagersni, xotira hajmi esa 1 terabaytni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatgichlar o‘ta tez o‘zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko‘rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo‘lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion dastur ta’minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak (2 – rasm c bandi).
    Blok kompyuterlar. Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin (2 – rasm d bandi).
    Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o‘lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi. Etiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadigan, sekundiga 873 GFLOPS amal bajaradigan, 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega (2 – rasm e bandi).
    Shaxsiy kompyuter (PC-Personal Computer) ni turli kategoriyalar bo‘yicha ajratish mumkin. Asosan shaxsiy kompyuter ikkita tashkil etuvchisiga qarab turlanadi - bajara oladigan dastur ta’minoti turiga hamda kompyuter tizimli platasining bosh shinasiga, ya’ni protsessor shinasi turi va uning razryadliligiga qarab ajratiladi.
    Protsessor tashqi ulovchi ma’lumotlar shinasidan kelayotgan ma’lumotlarni o‘qiydi. Ma’lumotlar shinasi tizimli platada protsessor bosh shinasi bilan to‘g‘idan to‘g‘ri bog‘langan. Protsessorning ma’lumotlar shinasi u bilan bo‘glangan protsessor uchun lokal bo‘lgani uchun ba’zida local shina deb ham nomlanadi. Bosh shina bilan bog‘langa boshqa qurilmalar xuddi protsessor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan ravishda ishlatilishi mumkin. Agar protsessor 32 razrayadli ma’lumotlar shinasiga ega bo‘lsa, tizimli platadagi protsessorning bosh shinasi ham 32 razryadli bo‘lishi kerak, ya’ni sistema protsessorga yoki protsessordan bir davr ichida 32 bit ma’lumot uzatishi mumkin.
    Har hil turdagi protsessorlarda ma’lumotlar shinasining razryadliligi turlicha bo‘lib, tizimli platadagi protsessor bosh shinasining razryadliligi unga o‘rnatilayotgan protsessorlar razryadliligiga mos kelishi kerak. Quyidagi jadvalda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan barcha protsessorlar ma’lumotlar shinasining razryadliligi sanab o‘tilgan.

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,55 Mb.