• Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • O‘quvchilar boshqa o‘quvchilarni baholashi
  • Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja




    Download 432.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana23.06.2023
    Hajmi432.58 Kb.
    #75457
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    15-Laborotorya jumisi, AFISHA PLASTIK, 1. ЛЮДИ, 2, amalyot hisobot, 123456789, HOZIRGI KUNDA KONFLIKT BELGILARI , мустакил иш №1,2, Mustaqil ish. NAMUNA, Salimov Z. Mustaqil ish2 (NAMUNA) (1), Principles of developing, 44529, 44529 (1), MUNIS


    Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini 
    baholash va natijalarni tahlil qilish USULLARI 
    Reja: 
    1. O„quvchilarning o„zini o„zi va boshqa o„quvchilarni baholashidan samarali 
    foydalanish. 
    2. Matematika darslarida o`quvchilar bilimini nazorat qilish shakllari va 
    usullari. 
    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pedagogik usul va uslublar
    natijalarini baholash, aniqlash va tahlil etish, nazorat qilish.
    1. O‘quvchilarning o‘zini o‘zi va boshqa o‘quvchilarni baholashidan 
    samarali foydalanish. 
     
    O‘z-o‘zini baholash. O„quvchilar qo„yilgan maqsadga erisha olishlari uchun 
    nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o„z-o„zini 
    baholashga o„rgatish zarur. O„z-o„zini baholash o„qituvchi bilan dialog olib 
    borishga asoslangan. O„quvchilarni o„z-o„zlarini baholashga tayyorlaganda 
    o„qituvchi quyidagi savollarni ishlatishi mumkin. 
     
    Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz? 
     
    Qayerda xatolar bor?
     
    Boshqa o„quvchilarga qaysi bo„limlarni tushuntirib berishingiz mumkin? 
     
    Ushbu masalalar bo„yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
     
    Ushbu mavzu bo„yicha qanday qo„shimcha ma‟lumotlarni bilasiz? va 
    boshqalar.
    O‘quvchilar boshqa o‘quvchilarni baholashi

    O„quvchilarni sinfdoshlar 
    tomonidan baholash ko„nikmalariga sinfdosh o„quvchilarni o„rgatib borish lozim. 
    Yaxshisi, baholashni kichik guruhlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda 
    o„qituvchi o„quvchilarning ma‟lum bir aniq bajargan ishini baholaydi. Sinfda 
    oldindan qoidalar ishlab chiqilishi muhimdir. Ulardan asosiylari quyidagilar 
    bo„lishi kerak: barcha ishtirokchilar bir-birlarini eshitishi kerak, do„stlarining 


    so„zini bo„lib bo„lmaydi, sabr-toqatli bo„lishlari, fikrni ochiq bildirish, ijobiy 
    yutuqlardan boshlash lozim (ular 3 tadan kam bo„lmasliqi lozim), ishni yaxshilash 
    bo„yicha o„z tavsiyalarini berish. Barcha ishtirokchilarni eshitib bo„lgandan so„ng, 
    ishi muhokama qilingan o„quvchi o„z fikrini bildirishi mumkin. 
    Kuzatuv - baholashning muhim usuli bo„lib, u ta‟lim olish jarayonini tahlil va 
    nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi: 
     
    Faqat ishning natijasiga emas, balki o„quvchilar qanday ish olib 
    borayotganligi bilan ham tanishib borish.
     
    O„quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
    Demak, baho o‘zi nima uchun kerak? 
    O„qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o„quvchilar tomonidan 
    qanday o„zlashtirish darajasini bilish uchun. 
    O„quvchi uchun: o„qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bilish 
    uchun.
    O„qituvchi o„quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali 
    standart bitta usul orqali baholashi o„quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning 
    uchun nostandart usullar, ya‟ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya 
    etiladi. Yana bir usul bu o„quvchilarning o„z-o„zini baholashi. Bunda berilgan 
    nostandart topshiriqni o„quvchi qanday bajarganligiga o„zi adolatli baho qo„yishi 
    kerak bo„ladi, bu uning o„z mehnatini baholashi va o„z ustida ishlashiga poydevor 
    bo„ladi.
    Baho ta‟lim jarayonida aniqlangan bo„shliqlarni aniqlash va ularning ustida 
    ishlash imkonini beradi. 

    Download 432.58 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 432.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja

    Download 432.58 Kb.
    Pdf ko'rish