|
" ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫЙ ПРОСМОТР " USKUNALAR PANELI
|
bet | 14/19 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #106750 |
Bog'liq MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari (1)" ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫЙ ПРОСМОТР " USKUNALAR PANELI.
|
“Печать” - Faylni yoki belgilangan fragmentni yozuvga yuborish. Parametrlari Файл menyusining Печать buyrug'i orqali o'zgartiriladi.
|
|
”Увеличение” - hujjat ko'rinish masshtabini o'zgartirish. Hujjat ustida lupa ko'rsatiladi, lupadagi "+" belgisi masshtab kattalashishini, "-" belgisi esa kichiklashishini bildiradi.
|
|
“Одна страница” - faqat bitta varaqni ko'rsatadi.
|
|
“Несколько страниц” - Ekranga bir nechta varaqlarni ko'rsatadi. Foydalanuvchi varaqlar sonini tanlab oladi.
|
|
“Масштаб”- hujjat masshtabini tanlab o'zgartirish maydoni. (10% dan 500% gacha ).
|
|
“Линейка” - Ekranda gorizontal chizg'ichni ko'rsatish yoki yashirish.
|
|
“Сократить на страницу” - Oxirgi sahifaga kichik fragment tushib qolganda hujjatni bitta sahifaga kamaytirish.
|
|
“Во весь экран” - Ekrandan boshqarish elementlarini yashirish, ya'ni hujjat ko'rinish chegaralarini kengaytirish. Avvalgi rejimga klaviaturadan ESC tugmasi orqali o'tiladi.
|
|
“Закрыть” - "Предварительный просмотр" rejimidan chiqish.
|
Agar hujjatni ko'rinishi foydalanuvchiga yoqmasa, varaqning ko'rsatkichlarini o'zgartirish mumkin. Buning uchun Файл- Параметры страницы buyrug'i orqali Параметры страницы muloqat oynasi ochiladi. Bu muloqat oynaning 4 ta varag'i bor.
Поля varag'ida qog'oz varag'ining hoshiyalari berish mumkin.
Размер бумаги varag'ida qog'oz varag'ining o'lchamini va joylashishini berish mumkin.
Источник бумаги va Maкет varaqlarida (hujjatni boshqacha shaklda chop etish uchun mo'ljallangan) maxsus ko'rsatkichlarni o'rnatish mumkin.
Uskunalar panelidan Печать tugmasi bosilish eng tez chop etish usulidir, lekin bu usul ko'p ishlatilmaydi. Chunki bu usulda avvalgi o'rnatilgan parametrlar asosida hujjat chop etiladi.
Hujjatni chop etish Файл - Печать (yoki klaviaturadan CTRL + P) buyrug'i orqali bajariladi. Bu holda Pechat muloqat oynasi ochiladi va bu oynada chop etishni va printerni xossalarini foydalanuvchi o'z didiga yarasha sozlashi mumkin. (rasmga qarang)
|
Rasmga izoh:
1. Printerni tanlash maydoni.
2. Chop etiladigan sahifalarni ko'rsatish joyi.
“Все”- hujjat hamma saxifalari chop etiladi.
“Текущая”- faqat joriy saxifa chop etiladi.
“Номера” – ko'rsatilgan raqamli sahifa chop etiladi.
3. Nusxalar sonini ko'rsatish maydoni.
|
|
| |