• Maqsadning yoyib bo’lishligi
  • «Maqsadlar shajarasi»
  • «Funksiya»
  • Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni




    Download 53,27 Kb.
    bet4/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi53,27 Kb.
    #247829
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish

    Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uniamalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbol maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushiniladi.
    Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning
    - o’z moxiyati bo’yicha;
    - amalga oshirish davri bo’yicha;
    - pog’onalar bo’yicha;
    - bo’g’inlar va h.k. lar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi.
    Maqsadning o’zaro munosabatda bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatdan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq Amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Maqsalning muayyan iyerarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bundayvazifani bajarish uchun menejment fanida «maqsadlar shajarasi» deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi.
    «Maqsadlar shajarasi» - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.
    «Maqsadlar shajarasi» - iyerarxiya ko’rinishidagi bir necha darajalardan:
    - bosh maqsad;
    - I darajali kichik maqsadlar;
    - II darajali kichik maqsadlar va h.k.dan tashkil topadi.
    Bu maqsad ko’p qirralik va uning amalga oshirilishi siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy, huquqiy sohalardagi asosiy maqsadlarga erishilishiga bog’liq. Har bir yo’nalish bo’yicha ham I darajali, keyin esa II darajali maqsadlar qo’yildi.
    Birinchi darajali maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
    1. Ijtimoiy-siyosiy sohadagi maqsadlar.
    2. Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar.
    3. Ma’naviyat sohasidagi maqsadlar.
    4. Xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar.
    Ikkinchi darajali maqsadlarning har biri o’z navbatida quyi bo’g’in maqsadlariga bo’linadi. Shunday qilib, maqsadning tobe bo’lishlik, yoyib bo’lishlik va zanjirlash mumkinligi kabi sifatlari umumiy maqsadni lokal, xususiy va yakka maqsadlarga ajratishga, ularni ustuvorlik darajasiga qarab tartiblash imkoniyatini yaratishga yordam beradi.
    «Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa – bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad.

    Download 53,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni

    Download 53,27 Kb.