• To’rtinchi guruh maqsadlar
  • Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni




    Download 53,27 Kb.
    bet3/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi53,27 Kb.
    #247829
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish

    Innovasion maqsadlar – bu Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, Yangi texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.
    Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovasion bo’lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o’zi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, hatto innovasion bo’lishi ham mumkin. Rahbarlardan biri o’sha maqsadni yechish usullarini mukammal biladi, ya’ni uning bilimi, mahorati yetarli bo’lib, uni hyech qanday qiynalmay yechadi. Boshqa rahbar esa bu maqsadni o’zi uchun murakkab va muammoli tariqada qiladi.
    To’rtinchi guruh maqsadlar – bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzoq muddatli reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi. Xodim maqsadi yuqori bug’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga mos bo’lishi kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim zodimlarning maqsadlari yuqori pog’onadagi maqsadlar qanoti ostida bo’lishi kerak.
    Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi:
    - xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi kerak, undan oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, kutgan natijaga erishish qiyinlashadi, oqibatda korxonaning umumiy maqsadigatputur yetkazishi mumkin;
    - yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
    - rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak.
    Agar maqsad murakkab va ustiga-ustak amalga oshishi gumon bo’lsa, unda boshqarish ijobiy natijalarga erishishdan mahrum bo’ladi. Har qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga to’g’ri baho berilishiga va uni rag’batlantirish darajasiga bog’liq. Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baho berish va uni tegishli ravishda rag’batlantirish odat tusiga kirgan bo’lsa, u xolda bu korxonada o’rnatilgan boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi.
    Maqsadga quyidagi sifatlar xos:
    - tobe bo’lishlik;
    - yoyib bo’lishlik;
    - o’zaro munosabatda bo’lishlik.

    Download 53,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni

    Download 53,27 Kb.