• Boshqaruv funksiyalari
  • 3. Ob’yektni qamrab olishiga qarab: - xududiy funksiyalar; - tarmoq funksiyalari. 4. Mehnat taqsimoti belgisiga qarab
  • Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni




    Download 53,27 Kb.
    bet5/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi53,27 Kb.
    #247829
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish

    Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
    Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
    - ishlab chiqarish vositalari, texnika;
    - xom ashyo;
    - energiya;
    - transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.
    Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqaris ob’yektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.
    Boshqaruv funksiyalari – ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.
    Boshqarish funksiyalari:
    1. Qo’llanish va foydalanish miqyosiga qarab:
    - umumiy (asosiy) funksiyalar;
    - aniq funksiyalar.
    2. Boshqarish faoliyati turlariga qarab:
    - iqtisodiy funksiyalar;
    - sotsial funksiyalar;
    - ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar;
    - tashkiliy funksiyalar.
    3. Ob’yektni qamrab olishiga qarab:
    - xududiy funksiyalar;
    - tarmoq funksiyalari.
    4. Mehnat taqsimoti belgisiga qarab:
    - rahbarning funksiyalari;
    - ijrochining funksiyalari.
    Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi:
    rejalashtirish;
    tashkil qilish;
    tartibga solish;
    nazorat;
    rag’batlantirish (motivlashtirish).
    Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi:

    Download 53,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: menejment funksiyalari reja: Menejment jarayonining mazmuni

    Download 53,27 Kb.