Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari




Download 258,31 Kb.
bet2/4
Sana15.05.2024
Hajmi258,31 Kb.
#235759
1   2   3   4
Bog'liq
Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar

Kimyoviy xossalari. Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma strukturasi o‘zgarishi kimyoviy xossalarni ifodalaydi.
Metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod, kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar bilan qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. Metallarning tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga korroziyalanish deyiladi. Metallarning korroziyaga, kuyindi hosil bo‘lishiga va erishiga qarshiligi vaqt birligi ichida sirt birligiga to‘g‘ri keladigan tekshirilayotgan namuna massasining o‘zgarishi bilan belgilanadi. U yoki bu buyumlarni tayyorlashda metallarning kimyoviy xossalari albatta hisobga olinadi. Bu ayniqsa, kimyoviy agressiv muhitlarda ishlatiladigan buyum va detallarga taalluqlidir.
Buyumlar tayyorlashda mavjud materiallarni qayta ishlash imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik xossasi deyiladi. Qotishmalarning sovuqlayin yoki qizdirib ishlanuvchanligi, quyish, payvandlash, bolg‘alash, kesib ishlashga qulayligi texnologik xossalarini belgilaydi. Materialning xossalarini bilgan holda buyum yasashning texnologik jarayonlarini loyihalash mumkin.
Kesib ishlanuvchanlik eng muhim texnologik xossalaridan biri hisoblanadi, chunki ko‘pgina tayyorlanmalar, shuningdek, payvandlab tayyorlangan uzel va konstruksiyalarning detallariga mexanik ishlov beriladi. Ba’zi metallarga osongina ishlov berib toza va silliq sirt hosil qilish mumkin. Qattiqligi past bo‘lgan juda qovushqoq metallar ham yomon ishlanadi. Sirtida tirnalgan joylar sodir bo‘lib, g‘adir-budir chiqadi. Ishlov berishni yaxshilash uchun, masalan, po‘lat termik ishlanadi, bu bilan uning qattiqligi yo oshiriladi yoki kamaytiriladi ishlovga moslashtiriladi. Payvandlanuvchanlik metallarning xossalari asosiy metall xossalariga yaqin turgan payvand birikmalar hosil qila olish xususiyatidir. U payvandlangan namunani egish va cho‘zishga sinab ko‘rib aniqlanadi.
Bolg‘alanuvchanlik metallga sovuqlayin yoki qizdirilgan holatda uni yemirilish alomatlarisiz bosim ostida ishlov berish xususiyatidir. Bolg‘alanuvchanlik namunani berilgan darajagacha deformatsiyalab, temirchilik usulida bolg‘alab aniqlanadi. Namunaning cho‘kish balandligi, odatda, uning ikkilangan diametriga teng bo‘lishi kerak. Agar uning yon sirtida darzlar paydo bo‘lmasa, bunday namuna sinovga bardosh bergan, tekshirilayotgan metall esa bosim ostida ishlov berishga yaroqli hisoblanadi.
Materiallarning quyilish xossalari ularning darzsiz, bo‘shliqsiz va boshqa nuqsonlarsiz quyma hosil qila olish xususiyatini xarakterlaydi. Asosiy quyilish xossalariga suyuq holatda oquvchanlik, kirishuvchanlik va likvatsiya kiradi.
Suyuq holatda oquvchanlik suyultirilgan metallning quyish qolipi bo‘shlig‘ini yaxshi to‘ldirish xususiyatidir.
Kristallanishda kirishuvchanlik suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishda metall hajmining kamayishidir. U quymalarda kirishuvchanlik bo‘shliqlari va g‘ovaklari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Likvatsiya qotishmalarning kristallanishda paydo bo‘ladigan kimyoviy tarkibining bir jinsli emasligidadir. Bu qotishmalar toza metallarga qaraganda qat’iy bir temperaturada emas, balki temperatura oralig‘ida kristallanishi bilan tushuntiriladi. Qotishmaning kristallanish temperatura intervali qancha katta bo‘lsa, likvatsiya shuncha tez rivojlanadi. Bunda kristallanish temperatura oralig‘iga kuchli ta’sir qiladigan qotishma komponentlari(oltingugurt, kislorod, fosfor, uglerod) po‘lat uchun likvatsiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Egiluvchan metall va qotishmalarning texnologik xossalarini bukiluvchanligini va takror bukiluvchanligini sinash, botiluvchanligini sinash, cho‘kuvchanligini sinash, yassilanuvchanlik, o‘raluvchanlik, buraluvchanlik va boshqa xossalarini sinash usullari bilan aniqlanadi.

Download 258,31 Kb.
1   2   3   4




Download 258,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari

Download 258,31 Kb.