|
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|
bet | 4/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 258,31 Kb. | | #235759 |
Bog'liq Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlarMexanik xossa. Qotishmalarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi mexanik xossasini ifodalaydi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, qovushqoqlik, nisbiy uzayish va torayish kiradi. Metallarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik xususiyati uning mexanik xossalari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham metall konstruksiyalarini tayyorlash uchun material tanlashda avvalo uning mexanik xossalariga, ya’ni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, zarbiy qovushqoqligi, qattiqligi va chidamliligiga e’tibor berish kerak. Bu xossalar metallga tashqi kuch ta’sir ettirib, mexanik sinovlar natijalariga qarab belgilanadi. Tashqi kuchlar statik, dinamik yoki siklik (takror o‘zgaruvchan) bo‘lishi mumkin.
Qotishmaning o‘z sirtiga undan qattiqroq jism botishiga qarshilik ko‘rsatishi qattiqlik deyiladi. Qattiqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Brinell, Rokvell, Vikkers usullari va h.k. Brinell usulida (DSt 9012–59) qattiqligi 450 birlikkacha bo‘lgan qotishmalar qattiqligi aniqlanadi. Qotishma xiliga va qalinligiga ko‘ra diametri 2, 5, 10 mmli toblangan po‘lat sharcha namunaga 187,5, 750 va 3000 kg
Qattiqligi yuqori bo‘lgan (toblangan, sementitlangan) materiallar qattiqligi Rokvell usulida (DSt 9013–59) aniqlanadi.
Rokvell usulining Brinell usulidan farqi shundaki, bu usulda qattiqlik zoldir qoldirgan izning yuzi bilan emas, balki namunaga botirilgan olmos konus yoki toblangan po‘lat sharcha qoldirgan izning chuqurligi bilan aniqlanadi. Rokvell usulida namunaga ta’sir etuvchi kuch va botiriladigan uchlik material xiliga ko‘ra o‘zgartiriladi. Rokvell usulida qattiqlik sinash jarayonining o‘zida indikator shkalasidan aniqlanadi. Indikator shkalasi qora va qizil rangda bo‘ladi.
39
Olmos konus qo‘yilib, kuch 60 va 150 kG bo‘lganda qattiqlik C (qora) shkaladan o‘qiladi. Ta’sir ettirilgan kuch 60 kG bo‘lganda qattiqlik HRA bilan 150 kG bo‘lganda esa HRC bilan belgilanadi. Botiriladigan uchlik po‘lat zoldir, kuch 100 kg bo‘lganda qattiqlik B (qizil) shkaladan o‘qiladi va HRB bilan belgilanadi.
Qotishmalarning cho‘zilishdagi mustahkamligini sinash amalda keng tarqalgan bo‘lib, bunda uning elastik va plastik xossalarini aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus namuna (2.13rasm) tayyorlanib, sinash mashinasi (2.14rasm) qisqichlariga mahkamlanadi. Mashina yurgizilgach, astasekin oshib boruvchi kuch ta’sirida namuna cho‘zila boshlaydi. Kuch ma’lum qiymatga yetgach, namunaning biror qismi ingichkalashib bo‘yin
cha hosil bo‘ladi va uziladi (2.15-rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|