|
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|
bet | 3/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 258,31 Kb. | | #235759 |
Bog'liq Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlarFizik xossalari. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligi, suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig‘imi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi.
Metall rangi deb, ma’lum to‘lqin uzunligidagi yorug‘lik nurini qaytarish xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis pushti – qizil rangli, aluminiy esa kumushsimon oq rangli bo‘ladi.
Metallning zichligi hajm birligida joylashgan massa bilan xarakterlanadi. Zichligiga ko‘ra barcha metallar yengil (4500 kg/m3 dan kam) va og‘ir xillarga bo‘linadi. Turli buyumlar yaratishda metall zichligi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, samolyot va raketasozlikda juda yengil metall (aluminiyli, magniyli, titanli)va qotishmalardan foydalanishga harakat qilinadi. Bu buyum massasini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Suyuqlanish temperaturasi deb, metall qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadigan temperaturaga aytiladi. Suyuqlanish temperaturasiga qarab qiyin suyuqlanadigan (volfram 3416°C, tantal 2950°C, titan 1725°C va boshqalar) va oson suyuqlanadigan (qalay 232°C, qurg‘oshin 372°C, rux 419°C, aluminiy 660°C) metallar bo‘ladi. Quyma buyumlar, payvandlanadigan va kavsharlanadigan birikmalar termoelektrik uskunalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun metall tanlashda suyuqlanish temperaturasi katta ahamiyatga ega. SI birliklar sistemasida suyuqlanish temperaturasi Kelvin (K) shkalasida ifodalanadi.
Metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi deb, uning ko‘p qizigan qismidan kam qizigan qismiga issiqlik o‘tkazish xususiyatiga aytiladi. Kumush, misning ko‘p issiqlik o‘tkazuvchanligi aluminiyga nisbatan besh marta kichikdir. Detallar uchun materiallar tanlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik katta ahamiyatga ega. Masalan, metall issiqlikni yomon o‘tkazsa, u qizdirilganda yoki tez sovitilganda (termik ishlov berishda, payvandlashda) unda darzlar paydo bo‘ladi. Mashinalarning ayrim detallari (motorlarning porshenlari, turbinalarining kurakchalari) issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan tayyorlanishi kerak. SI birliklar sistemasida issiqlik o‘tkazuvchanlik Vt/(m·K) bilan o‘lchanadi.
Metallning issiqdan kengayuvchanligi deb, qizdirilganda uning o‘lchamlarining kattalashish, sovitilganda esa kichrayish chiziqli kengayish koeffitsiyenti xususiyatiga aytiladi. Metallarning issiqdan kengayuvchanligi payvandlashda, bog‘lanishda hamda qizdirib hajmiy shtamplashda, quyish qoliplari, shtamplar, prokat valiklari, kalibrlar tayyorlashda, aniq birikmalar hosil qilishda hamda priborlarni yig‘ishda, ko‘prik fermalar qurishda, temir yo‘l relslarni yotqizishda hisobga olinishi kerak. Metallning issiqlik sig‘im deb, qizdirilganda uning ma’lum miqdordagi issiqlikni yutish xususiyatiga aytiladi. Issiqlik sig‘imi SI birliklar sistemasida J/kgK bilan o‘lchanadi. Turli metallarning issiqlik sig‘imi ularning solishtirma issiqlik sig‘imi miqdoriga qarab solishtiriladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi 1 kg metall temperaturasini 100C ga ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan, kilo kaloriyada ifodalangan issiqlik miqdoridir (u SI birliklar sistemasida J/kg·K) bilan o‘lchanadi.
Metallarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati ikkita o‘zaro qaramaqarshi xarakteristikalar elektr o‘tkazuvchanlik va elektr qarshiligi bilan belgilanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik SI birliklar sistemasida simens (Sm) da, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik Sm/m da, shunga o‘xshash elektr qarshiligi esa Om/m da o‘lchanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|