|
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|
bet | 1/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 258,31 Kb. | | #235759 |
Bog'liq Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar
Reja:
1 Materiallarning xossalari
2 Kimyoviy xossalari
Foydalanilgan adabiyotlar
Materiallarning xossalari
Ko‘pchilik materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar ishlatilish jarayonida tashqi kuch va yuklanishlar ta’sirida bo‘ladi. Misol sifatida po‘latdan tayyorlangan avtomobil valini yoki aluminiy qotishmasidan yasalgan samolyot qanotini aytishimiz mumkin. Barcha holatlarda ularni to‘g‘ri loyihalash va keragidan ortiq deformatsiyalanishi oqibatida sinish ro‘y bermasligi uchun materiallar xossalarini bilish zarur. Mexanik xossa deganda, materialga yuklangan yuk (yoki deformatsiya)ga bardoshliligi tushuniladi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, mustahkamlik, plastiklik va o‘ta qattiqlik kiradi.
Materiallar mexanik xossalar buyumni real yuklanish holatini aks ettiruvchi mustahkam loyihalangan va tayyorlangan laboratoriya jihozlarida sinaladi. Buyumlar cho‘zish, siqish yoki surishga sinalayotganda ta’sir etayotgan kuch doimiy yoki vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yuklangan kuch soniya yoki bir necha soat va yillar davomida ta’sir ettirilishi mumkin. Yuklanish ta’siri davomida yana bir muhim omil bu temperatura hisoblanadi.
Muhandisning asosiy vazifasi buyumda real ish sharoitida, unda kuchlanish va deformatsiyaning taqsimlanishini hisoblay olishidir. Bu hisoblar buyumlarning kuchlanganlik holatlarining nazariy tahlili yoki sinov o‘tkazish usullari tavsiyalari bilan birga olib boriladi.
Bunday masalani yechish uchun materiallar mikrostrukturasi (ichki tuzilishi) va mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish zarur.
Konstruksiyada foydalanish uchun materialni tanlashda uning hamma mexanik xarakteristikalari kompleksiga e’tibor berish kerak. Ushbu bobda metallar, keramika va polimerlarning mexanik xarak
34
teristikalarini aniqlovchi defarmatsion xossalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, muhim bo‘lgan mexanik parametrlar muhokama qilinadi.
Metall va qotishmalarning xossalari deganda, kimyoviy, fizik, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Metal va qotishmalarning plastic xossalari va unga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar Reja: 1 Materiallarning xossalari
|