2) Metallarni elektr yoy yordamida kesish ishlarini o'rganish.
⚫ Bu usulda elektr yoy yordamida suyultirilgan metall o‘z og‘irligi va yoy gazi ta’sirida
kesish joyidan ajralib, qirqiladi. Ma’lumki, kesiluvchi metallniig suyuqlanish tezligi tok
kuchiga bonlitslign sababli kumir elektrod bilan sirkishda tox kuchi 400—1500 A,
metall elektrodlar bilan kesishda zsa 300—600 A orasida olinadi.
Bu usuldan yukori
ugle- rodli po‘latlarni va cho‘yanlarni kesishda foydalaniladi.
Elektr yordamida suyultirilgan metallarni siqilgan havo yordamida kesish.
Bu usulda qirqishda grafit elektrodlar ishlatiladi. Ular o‘zgarmas tok zanjirn qutbiga
teskari ulanadi. Tok kuchi 150— 400 A atrofida, haydaluvchi havo bosimi esa 0,4 MPa
ga yaqin bo‘ladi. Bu usul qalinligi 20 mm gacha bo‘lgan zanglamas po‘lat listlarni
kesishda, quymalarning nuqsonli joylarini qirqishda qo‘llaniladi. Bunda qalinligi 100—
120 mm gacha bo‘lgan alyuminiy,
mis va uning qotishmalari, zanglamas po‘latlar
plazma oqimida havo o‘rniga kislorod haydab qirqiladi.
3)
Metallarni kavsharlash. Metallarni kavsharlash texnologiyasini o'rganish.
a) Metallarni kavshar bilan ajralmaydigan qilib biriktirish kavsharlash deyiladi.
Kavsharlarning suyuklanish temperaturasi kavsharlanuvchi mstallarnnng suyuklanish
temperaturasidan ancha past bo‘ladi. CHok puxtaligi kavsharlanuvchi metallar bilan
kavsharning xossalariga va uzaro diffuziyalanishiga bog‘diq. Bu usuldan
radiotexnikada, asbobsozlikda, idishlar tayyorlashda
va boshqa hollarda keng
foydalaniladi. CHoklar sifatli bo‘lishi uchun kavsharlanuvchi yuzalar kir, moy,
zanglardan yaxshlab tozalanadi. Keyin ular bir-biriga moslab yig‘iladi. Ular orasiga
kavshar utishi uchun 0,05 - 0,15 mm atrofida zazor qoldiriladi kavsharlash joylarini
oksidlanishdan saqlash maqsadida yuzalarga flyus kiritnladi.
Keyik kavsharlashga taxt
qilingan metallar tirqishlariga kavshar o‘tkaziladi. Kavshar qotgandan keyin
ajralmaydigan birikma hosil bo‘ladi. Birikmalarning puxta bo‘lishi kavsharlanuvchi
metallning xossasiga. kavsharlashga tayyorlashga va kavshar xossasiga bog‘liq.
b) Kavsharlar suyuqlanish temperaturasiga ko‘ra yumshoq va qattiq xillarga ajratiladi.
Yumshoq kavsharlar. Bu kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 400 - 500oC dan
oshmaydi. Bularga qzlay, qurg‘oshin, vismut, kadmiy
va ular asosida olingan
qotishmalar kiradi.
⚫ Bu qotishmalar zich kavsharlansa xam uning cho‘zilishga mustaxkamligi 100 Mpa ga
etadi, xolos.
Qattiq kavsharlar. Bu kavsharlarga suyuqlanish gemperaturasi 450— 500°S dan ortiq
bo‘lgan mis, kumush va ular asosida hosil qilingan qotishmalar kiradi. Bu kavsharlar
bilan zich choklami kavsharlashda uning chuzilishiga mustahkamligi 500 MPa ga etadi.
c) Kavsharlashda foydalaniladigan flyuslar va asboblar
Yuqorida qayd etilganidek flyuslar kavsharlanuvchi metalllaming kavsharlash
yuzasidagi oksid pardalami eritish bilan tozalab ularni oksidlanishdan saqlaydi.
Flyuslaming suyuqlanish temperaturasi va zichligi kavsharlamikidan past bo‘lishi,
asosiy metall va kavshar bilan birikmasligi, kuymasligi, korroziyaga berilmasligi kerak.
Flyuslar snfatida xlorid kislotaning
suzdagi eritmasidan, rux kushilgan xlorid kislota,
bura, novshadil, kanifol va boshqalardan foydalaniladi.
⚫ Masalan, xlorid kislotaning suvdagi eritmasini tayyorlash uchun ko‘zoynak taqib,
qo‘lqop taqib extiyotlik bilan kislotaga ozoz suv quyib turiladi. Kachonki undan bug‘
ajralish tuaganda suv kuyish to‘xtatiadi. Bu eritmalan flyus sifatida yumshoq va kattnq
kavsharlar bilan metallarni kasharlashda foydalanish mumkin. Buning uchun
metallarning kavsharlanadigan joyiga chutka bilan kavshar surkab yuza oksid pardadan
tozalanadi, keyin kavsharlashnish taxt etib, tirqishiga
koviya yurgizib kavshar
o‘tkaziladi.
⚫ Rux qo‘shilgan xlorid kislotani tayyorlash uchun xlorid xislotaning suvdagi 50 % li
eritmasiga uning 1/5 qismi og‘irligicha rux qushilib obdan eritilib, hosil qiliigan
eritmaga 2— 3 hissa suv kushiladi. Kavsharlashda foydalaniladigan asbob koviya
deyiladi. Uning konstruksiyasi va o'lchamlari kavsharlanadigan
buyum xarakteriga
ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, yumshoq kavshar bilan kavsharlashda elektr koviyadan,
qattiq kavshar bilan kavsharlashda benzin va gaz alangasida qizdiriladigan mis
koviyadan foydalaniladi.
Kavsharlash texnologiyasi.
d) Yumshoq kavsharda kavsharlash. Kavsharlashdan oldin kavsharlash joylari kir, moy va
zanglardan egov, shaber, jilvir qog‘oz yoki kislota eritmasi bmlan yaxshilab
tozalangach, yuzalariga rux bilai to‘yintirtlgan, xlorid ktslotastning suvdagi eritmasi
chutka bilai surkaladi. Keyin koviyani zarur temperaturagacha kizdirib, uning uchidagi
oksid pardalar yuqorida qayd etilgai
eritma bilai tozalangach, unda kavshar olib
kavsharla- nuvchi joy zihidan surkab yurgizish bilan u tirqishga tekis o‘tqaziladi.
Kavsharlangan birikma kavshar kotgandan sung olinadi.
Qattiq kavsharda kavsharlash. Yuqornda ko‘rilganidek, kavsharlanadigan joylar kir,
moy va zanglardan tozalangach uzaro moslashtiriladi. Keyin kavsharlanadigan joyga
flyus, bura sepilib ustiga kavshar quyiladi va uni pechga kiritib, zarur temperaturagacha
qizdiriladi. Bunda suyuqlangan kavshar zagotovkalar orasiga o‘tib ularni biriktiradi.
Kavsharlangan zagotovka (buyum) avvaliga kaustik sodaning suvdagi eritmasida, keyin
suvda yuvilib, ququq latta bilan artiladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Metallar elektr yoy yordamida kesish qanday amalga oshiriladi?
2. Elektr yordamida suyultirilgan metallarni siqilgan havo yordamida kesish qanday
amalga oshiriladi?
3. Kavsharlarning qanday turlari bor?
4. Kavsharlash texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?