|
Mulohazalar hisobi formulasi tushunchasi
|
bet | 4/7 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 76 Kb. | | #104726 |
Bog'liq Mavzu mulohazalar algebrasi va mulohazalar orasidagi bog’lanishMulohazalar hisobi formulasi tushunchasi
Har qanday hisobning tafsili bu hisobning simvollari tafsilidan, formulalar va keltirib chiqarish formulalari ta’rifidan iborat.
Mulohazalar hisobida uch kategoriyali simvollardan iborat alfavit qabul qilinadi:
Birinchi kategoriya simvollari: x,y,z…. Bu simvollarni
o’zgaruvchilar deb ataymiz.
Ikkinchi kategoriya simvollari: , , , . Bular mantiqiy
bog’lovchilardir. Birinchisi – diz’yunksiya yoki mantiqiy qo’shish belgisi,
ikkinchisi – kon’yunksiya yoki mantiqiy ko’paytma belgisi, uchinchisi –
implikasiya belgisi va to’rtinchisi – inkor belgisi deb ataladi.
Uchinchi kategoriyaga qavs deb ataladigan ( , ) simvol kiritiladi.
Mulohazalar hisobida boshqa simvollar yo’q.
Mulohazalar hisobining formulasi deb mulohazalar hisobi alfaviti
simvollarining ma’lum bir ketma-ketligiga aytiladi.
Formulalarni belgilash uchun lotin alfavitining katta harflaridan
foydalanamiz. Bu harflar mulohazalar hisobining simvollari qatoriga kirmaydi.
Ular faqatgina formulalarning shartli belgilari bo’lib xizmat qiladi.
Endi formula tushunchasi ta’rifini beraylik. Bu tushuncha quyidagicha aniqlanadi:
1) har qanday x, y, z,... o’zgaruvchilarning istalgan biri formuladir;
2) agar A va B larning har biri formula bo’lsa, u holda ( A B ), (A B ), ( AB ) va A lar ham formulalardir.
3) boshqa hech qanday simvollar satri formula bo’la olmaydi.
O’zgaruvchilarni elementar formulalar deb ataymiz.
Misol. Formula ta’rifining 1-bandiga ko’ra x, y, z,... o’zgaruvchilar
formulalar bo’ladi. U vaqtda ta’rifning 2-bandiga muvofiq (x y) , (x y) , (xy) ; x lar ham formulalardir. Xuddi shu tariqada (x y), ((x y)z)) ,
((x y)(yz)) lar ham formulalar bo’ladi.
Qismiy formula tushunchasini kiritamiz:
1. Elementar formula uchun faqat uning o’zi qismiy formuladir.
2. Agar A formula bo’lsa, u vaqtda shu formulaning o’zi, A formula va A formulaning hamma qismiy formulalari uning qismiy formulalari bo’ladi.
3. Agar formula AB ko’rinishda bo’lsa (bu yerda va bundan keyin o’rniga , , simvollarning istalganini tushunamiz), u vaqtda shu formulaningo’zi, A va B formulalar hamda A va B formulalarning barcha qismiy formulalari.
|
| |