• Funktsional tanlanish prinsipi
  • OT ni generatsiya qilish printsipi
  • Mavzu: Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi




    Download 22,03 Kb.
    bet2/5
    Sana04.01.2024
    Hajmi22,03 Kb.
    #130150
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    011-20 Saidabdullayev Abubakr.OperTiz.

    Modullilik prinsipi. Modul-bu tizimning tugallangan elementi bo`lib, u modullararo interfeysga mos ravishda bajarilgandir. Modul ta’rifi bo`yicha, uni ixtiyoriy boshqasiga, mos interfeyss mavjud bo`lganda almashtirish imkonini nazarda tutadi. Ko`pincha, OT ni qurishda imtiyozga ega bo`lgan, qayta kiradigan va printerabel modullar katta ahamiyatga egadir. Imtiyozga ega bo`lgan modullar.... imtiyozli rejimda amalga oshadi, bu rejimda uzilishlar tizimi o`chiriladi, va xech qanday tashqi xodisa hisoblashlar ketma-ketligini buza olmaydi. renterabl modullar bajarilishni (ijroni) ko`p marta, takroran uzilishini va boshqa masalalardan qayta ishga tushirishni nazarda tutadi. Buning uchun, oraliq hisoblashlarni saqlash va uzilgan nuqtadan ularga qaytish ta’minlanadi. Qayta kiradigan modullar kop marta parallel foydalanishni nazarda tutadi, ammo uzilishni nazarda tutmaydi. Ular imtiyozli bloklardan tashkil to`gan bo`lib, ularga qayta murojaat, bu bloklarning birortasining tugallanganidan keyin mumkin bo`ladi. Modullilik printsipi, tizimning texnologik va ekspluotatsiya xossalarini aks ettiradi. Foydalanishning maksimal samaradorligi, agar bu printsip OT ga ham, amaliy dasturlarga ham apparaturaga ham xos bo`lsa. Funktsional tanlanish prinsipi. Bu prinsip, hisoblashlar unumdorligini oshirish maqsadida, doimiy ravishda operativ xotirada bo`lishi kerak bo`lgan modullarni ajratishni nazarda tutadi. OT ning bu qismi yadro deyiladi. Bir tomonda operativ xotirada qancha modullar ko`p bo`lsa, amallar bajarilish tezligi shuncha yuqori bo`ladi. Boshqa tomondan, yadro band qiladigan xotira xajmi juda katta bo`lishi mumkin emas, chunki aks holda amaliy masalalarga ishlov berish samarasi past bo`ladi. Yadro o`z tarkibiga uzilishlarni boshqarish modullari, multimasalalikni ta’minlovchi jarayonlar orasida boshqaruvni uztish modullari, xotirani taqsimlash modularni oladi.
    OT ni generatsiya qilish printsipi. Bu prinsip, yechiladigan masala va hisoblash tizimining konfiguratsiyasidan kelib chiqqan holda, OT ni sozlashga imkon beradigan OT yadrosi arxitekturasini tashkil etish printsipini belgilaydi. Bu protsedura juda kam hollarda, OT ni uzoq vaqt davomida ekspluotatsiya qilish oldidan bajariladi. Generatsiya jarayoni maxsus generator-dasturi va mos kirish tili yordamida amalga oshiriladi. Generatsiya natijasida OT ning, tizimli modul va kattaliklardan iborat to`liq versiyasi vujudga keladi. Modullilik printsipi generatsiyani ahamiyatli darajada soddalashtiradi. Bu printsip ayniqsa Linux OT larida yaqqol ko`zga tashlanadi, unda nafaqat OT yadrosi generatsiya qilinadi, yuklanadigan tranzit modullari tarkibini ko`rsatadi. Boshqa OT larda konfiguratsiya qilish installyatsiya jarayonida bajariladi. Funktsional ortiqchalilik printsipi. Bu prinsip aynan bir amalni, har xil vositalar bilan bajarish imkoniyatini hisobga oladi. OT tarkibiga resurslarni boshqaruvchi bir necha xil monitorlar va fayllarni boshqaruvchi bir necha xil monitorlar va fayllarni boshqaruvchi bir nechta tizimlar va x.k.lar kiradi. Bu esa sho` navbatida, OT ni hisoblash tizimini aniq konfiguratsiyasiga tez va yetarli darajada moslashishga, aniq sinf masalalarini yechishda texnik vositalarni samarali yuklashni maksimal ta’minlashga va shunda maksimal unumdorlikka erishishga olib keladi.

    Download 22,03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 22,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi

    Download 22,03 Kb.