|
Mavzu: Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi
|
bet | 5/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 22,03 Kb. | | #130150 |
Bog'liq 011-20 Saidabdullayev Abubakr.OperTiz.Xavfsizlik printsipi. Bir foydalanuvchi resurslarini boshqa foydalanuvchidan himoyani, va hamma tizimni resurslarni faqat bitta foydalanuvchi egallab olishidan himoyani ko`zda tutadi., bundan tashqari bu printsip o`z ichiga, xuquqsiz murojaatdan himoyani ham oladi. NCSC (National Com`uter Security Center), 198y chiqarilgan “oranjivaya kniga” ga asosan, tizimlar 7 ta kategoriyaga: D, C1, C2, B1, B2, B3, A1 ga bo`linadi, bu yerda A maksimal ximoyalangan tizimdir. Aksariyat Ko`pgina zamonaviy OT lar S2 sinfga mansubdir. Bu sinf quyidagilarni tahminlaydi. foydalanuvchini yagona nom va `arol bilan tizimga kirishga imkon beradigan, maxfiy kirish vositalari. resurs egasiga, uning resursidan foydalanishga kimning xuquqi bor-yo`qligini aniqlaydigan murojaatni tanlab nazorat qilish; hisobga olish va kuzatish (audio) vositalari, ular tizimli resurslarga murojaat va tizim xavfsizligi bilan bog`liq bo`lgan xodisalarni aniqlash va to`ishga imkonni tahminlaydi. A sinfi tizimni, ma’lum xavfsizlik ko`rsatkichlariga formal, matematik jixatdan mosligini isbotlashini talab qiladi. A sinfida, xavfsizlikni boshqarish mexanizmi, protsessor vaqtining 90% ini band qiladi. OT da himoyani ta’minlashni bir nechta yo`nalishi amalga oshiriladi. Ulardan biri, `rotsessor ishini ikki kontekstda olib borish, ya’ni vaqtning har bir onida `rotsessor OT tarkibidagi dasturni yoki Ot tarkibiga kirmaydigan amaliy yoki xizmatchi dasturni bajarish mumkin. Har qanday bo`linadigan resurslarga foydalanuvchi va xizmatchi dasturlar tomonidan bevosita murojaatni tahqiqlash uchun, mashina kodlari tarkibiga, resurslarni taqsimlovchi va foydalanishni boshqaruvchi maxsus imtiyozli komandalar kiritiladi. Bu komandalarni faqat OT ga bajarish ruxsat etiladi. Ularning bajarilish nazorati apparat qismi tomonidan bajariladi. Bunday komandani bajarishga xarakat qilingan holda uzilish ro`y beradi, va protsessor imtiyozli rejimga o`tkaziladi. Himoya printsipini amalga oshirish uchun, operativ xotiradagi dastur matni va ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmidan foydalaniladi. Bunda eng Ko`p tarqalgan usul-kontekst himoyalanishidir. Dasturlar va foydalanuvchilar uchun xotiraning ma’lum qismi ajratiladi, va bu chegaradan chiqilsa himoya bo`yicha uzilish ro`y beradi. Nazorat mexanizmi, apparat tarzda, registrlar chegaralanganligi va xotira kalitlari asosida amalga oshiriladi. Fayllarda ma’lumotlarni saqlashning har xil himoya usullari qo`llaniladi.
Test.
OT larga misol keltiring.
UNIX,Windows 2010, Linux.
Windows2000, Linux, Meinfreym.
Linux , UNIX, Windows 2000.
ENIAC, Linux, Windows2000.
Modullik prinsipi nima?
Bu printsip OTni bir platformadan, boshqa ti`dagi platformaga ko`chirish imkonini nazarda tutadi.
Bu printsip, bir OT uchun yaratilgan dastur ta’minotining (DT) boshqa OT va shu OT ning oldingi versiyalarida ham bajarilish imkoniyatini belgilaydi.
Bu tizimning tugallangan elementi bo`lib, u modullararo interfeysga mos ravishda bajarilgandir.
Bir foydalanuvchi resurslarini boshqa foydalanuvchidan himoyani, va hamma tizimni resurslarni faqat bitta foydalanuvchi egallab olishidan himoyani ko`zda tutadi.
Foydalanuvchi nuqtai-nazarida, ideal mashina nimalarga ega bo`lishi kerak?
ishlashi mantiqi jixatidan bir xil tarzdagi, chegaralanmagan xajmga ega bo`lgan virtual xotira.
parallel ravishda bir-biriga tahsir qiladigan va ishlay oladigan virtual protsessorlarning ixtiyoriy miqdori.
virtual mashina xotirasiga ketma-ket va `arallel, sinxron va asinxron murojaat etishga qodir bo`lgan virtual tashqi qurilmalarning ixtiyoriy miqdori (soni) ma’lumotlar xajmi chegaralanmaganda ideal mashinaga yaqinlashtirilgan, OT tomonidan amalga oshiriladigan virtual mashina qanchalik katta bo`lsa, ya’ni arxitekturali mantiqiy xarakteristikasi realdan qanchalik farq qilsa, demak virtuallikning shunchalik yuqori darajasiga erishilgan bo`ladi. OT bir-biri ichiga joylashtirilgan VM ierarxiyasi sifatida quriladi. Dasturlarning quyi sathi mashinaning apparat vositalaridir.
Hamma javoblar to’g’ri.
Standart holatlar prinsipi nimaga asoslangan?
qurilma konfiguratsiyasi, modullar.
modullar va jarayonlar strukturasi.
qurilma konfiguratsiyasi, modullar va jarayonlar strukturasi.
To’g’ri javob yo’q.
OT ni bir platformadan, boshqa tildagi platformaga ko`chirish imkonini qaysi prinsip beradi.
Xavfsizlik printsipi.
Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi.
Mobillilik printsipi.
Virtuallashtirish prinsipi.
Hisoblashlar unumdorligini oshirish maqsadida, doimiy ravishda operativ xotirada bo`lishi kerak bo`lgan modullarni ajratishni nazarda tutadigan prinsip qaysi?
Virtuallashtirish prinsipi.
Funktsional tanlanish prinsipi.
Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi.
Xavfsizlik printsipi.
Chastota printsipi operativ xotiraga nima uchun joylashtiladi?
Kontekst himoyasi uchun.
Tizimlar bilan bog`lanishni tashkil etishni yengillashtirish uchun.
Ko`p marta ishlatiladigan amal va ma’lumotlarga tezroq murojaat qilishni ta’minlash uchun.
A va B javoblar to’g’ri.
NCSC ning ma’nosi nima?
New York City Securty Center.
North Computer Security Center.
Negative Comp System Center.
National Computer Security Center.
Oranjivaya kniga nechi kategoriyaga bo’linadi?
8.
9.
5.
7.
A sinfida, xavfsizlikni boshqarish mexanizmi, protsessor vaqtining necha foizini talab qiladi?
100%
85%
50%
90%.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002. 2. Satto’po’v A Info’rmatika va axbo’ro’t texno’lo’giyalari. To’shkent. "O’qituvchi". 2002 y 3.Ahmedo’v A, To’ylo’qo’v N. Info’rmatika. To’shkent. ―O’zbekisto’n. 2002 y 4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М: Internet saytlari: www.google.com.
|
| |