• Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi
  • Mobillilik printsipi
  • Mavzu: Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi




    Download 22.03 Kb.
    bet4/5
    Sana04.01.2024
    Hajmi22.03 Kb.
    #130150
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    011-20 Saidabdullayev Abubakr.OperTiz.

    Mutanosiblik printsipi (sovmestimost’). Bu printsip, bir OT uchun yaratilgan dastur ta’minotining (DT) boshqa OT va shu OT ning oldingi versiyalarida ham bajarilish imkoniyatini belgilaydi. Mutanosiblik ijro fayllari va dastur berilgan matni darajasida bo`lishi mumkin. Birinchi holatda tayyor dasturni boshqa OT da ishga tushirish mumkin. Buning uchun mikro`rotsessor komandasi, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblik talab qilinadi. Qoida bo`yicha,mashina kodini qayta kodlash imkonini beradigan va ularni boshqa protsessorlar terminlaridagi ekvivalent komandalar ketma-ketligiga almashtiradigan maxsus ishlab chiqiladigan emulyatorlardan foydalaniladi. Boshlang`ich matn darajasidagi mutanosiblik, mos translyator mavjudligini, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi mutanosiblikni talab qiladi.

    Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi. Ochiqlilik taxlil uchun nafaqat tizimli mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat borligini ko`zda tutadi. Qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish, OT tarkibiga yangi modullar qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish (modifikatsiya) imkonini beradi. OT ni mikroyadro strukturasidan foydalanib, klient-server texnologiyasiga asosan qurish, qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish keng imkoniyat yaratadi. Bu xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar va imtiyozsiz server-xizmatlar majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o`zgartirilmasdan qolib, serverlar oson o`zgartiriladi, almashtiriladi va qo`shimcha qo`shiladi.
    Mobillilik printsipi (ko`chirib o`tkazish). Bu printsip OTni bir platformadan, boshqa ti`dagi platformaga ko`chirish imkonini nazarda tutadi. Ko`chirib o`tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: OT ning deyarli katta qismi, foydalanishga mo`ljallangan hamma platformalarda translyatorlari mavjud bo`lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo`yicha S tilidir. Assemblerdagi dastur umumiy holda, ko`chirib bo`lmaydigan dasturdir. Keyin, apparat resurslari bilan bevosita munosabatda bo`lgan kod fragmentlari olib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog`liq kod, bir nechta yaxshi lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo`ladi.

    Download 22.03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 22.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi

    Download 22.03 Kb.