Mavzu: Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yaratish texnologiyalari




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana10.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#34036
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Foqkwjpu1a29ifWS7YoWSXK4Cv0JCNQSfgF0ovdq

1. Mualliflik dasturlari 
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimlarida turli 
o‘rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O‘rgatuvchi ko‘rgazmali 
dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta’minotlari yordamida yaratiladi. Ta’lim 
jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, 
sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va 
vazifalarni bajarishda o‘quvchi bir vaqtning o‘zida eshitib, ko‘rib, o‘zlashtiradi. 
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv 
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita 
hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli 
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi 



sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida elektron darsliklar 
yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan 
holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni 
maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining 
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. 
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, 
CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. 
Articulate Storyline kurslar 
yaratish uchun mo‘ljallangan eng 
mashhur dasturlardan biri bo‘lib, u 
moslashuvchan, 
foydalanishda 
qulay va turli maqsadli kurslar 
yaratish uchun ishlab chiqilgan. 
Articulate Storyline — uch utilitli 
(Presenter, Quizmaker, Engage) 
paket, 
o‘rgatuvchi 
kurslarni, 
taqdimotlar, testlar va kontentning 
boshqa shakllarini iPadda ko‘rish 
va masofali ta’lim tizimlariga 
integrallanishi mumkin bo‘lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish 
imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol senariylarni amalga oshirish uchun 
deyarli cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o‘quv kursining murakkab 
interfaol senariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki flashni qo‘llashni bilish 
shart emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu 
dasturning xususiyati oson o‘zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalar-
ning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-
learning muharrirlaridan ko‘ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko‘rinadi. 
Dastur Microsoft Office 2007ga o‘xshash interfeysga ega, ishlab chiquvchilar, 
foydalanuvchilar, o‘rganichlari oson bo‘lishi maqsadida tashqi ko‘rinishini 
PowerPointga maksimal o‘xshashligini ta’minlangan. YUqorida buyruqlar 
to‘plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan. 
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-ob’yektlarni 
qo‘yishni qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha ko‘p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov, 
mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari 
importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-
kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo‘yish mumkin. SWF — 
roliklari ham muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya 
muharrirlarining loyihalari bilan integrasiyalash bo‘yicha cheksiz imkoniyatlarni 



ochadi. Veb-sahifalar slaydlarda freymlar ko‘rinishida aks etadi. Ulardan 
foydalanish mumkin va bu ham roliklarni loyihalash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Adobe 
Captivate— 
Microsoft 
Windows va dasturiy ta’minotni namoyish 
etish, 
video-darslarni 
yozish, 
dastur 
simulyasiyasini 
yaratish, 
o‘quv 
taqdimotlarni yaratish va .swf formatda 
turli testlarni yaratish uchun qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lgan Mac OS Xning 5 
versiyalari 
uchun 
elektron 
ta’limda 
qo‘llaniladigan elektron kurslarni yaratish 
va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi 
generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya qilish 
imkoniyati mavjud. Dastur simulyasiyalarini yaratish uchun Captivateda chap va 
o‘ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin. SHuningdek
Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint 
taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo‘llash mumkin. 
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar, 
yordamchi ma’lumotlar, skrinkastlar, o‘yinlar va darslar yaratish va tahrirlash 
mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga 
nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga 
effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo‘shib tahrirlashlari 
mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo‘lish vaqtlarini 
tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o‘tish, shuningdek, 
tashqi murojaatlarga o‘tishni ta’minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni, 
PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni 
qo‘llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish 
etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: 
Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o‘quv materiallarni 
yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog‘liq ravishda o‘tish 
imkoniyatli testlar yaratish. 

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yaratish texnologiyalari

Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish