• Moodle tizimida o„quv jarayonini tashkillashtirish. Moodle
  • Elektron o„quv kontentlariga qo„yiladigan standartlar (SCORM




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana10.12.2022
    Hajmi1.22 Mb.
    #34036
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Foqkwjpu1a29ifWS7YoWSXK4Cv0JCNQSfgF0ovdq

    2. Elektron o„quv kontentlariga qo„yiladigan standartlar (SCORM, 
    TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish 
    SCORM standart paketlari: SCORM (angl. Sharable Content Object 
    Reference Model -birgalikda foydalanish uchun ob’yekt tarkibidagi namunali 
    model. 
    Bu o‘quv materiallari orqali bilim oluvchining o‘rganilayotgan o‘quv kontent 
    ustida bajaradigan xarakatlarini o‘qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning 
    misolimizda Moodle)ga hisobot ko‘rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi 
    kontentda mavjud bo‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki 
    tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni o‘quvchi qancha vaqt davomida 
    o‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o‘quv 
    kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi 
    vaqtda mavjud bo‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) 
    ko‘pchiligi yaratiladigan o‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti 
    ko‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim 
    resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida 
    yaratish tavsiya etiladi 
    Moodle tizimida o„quv jarayonini tashkillashtirish. 
    Moodle – Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil 
    qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish 
    modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student 
    tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari 
    IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni 
    ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va 
    modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi 
    hisoblanadi.
    Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchi 
    o‘rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni 
    joylashtirish orqali ta’lim berish samarasini oshirish hisoblanadi. 
    Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida 
    masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan 
    holda tashkillashtirilmoqda. 
    O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim muassaslarida aynan virtual ta’lim muhiti 
    sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
    Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web 
    ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida foydalanishga 
    mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan 
    foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi 
    (MySQL yoki PostgreSQL), PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki 



    IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan 
    tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll 
    Netware). Tizimning rasmiy internet manzili: 
    http://www.moodle.org 
    LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil 
    etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga 
    o‘quvchilarning(o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa 
    roldagilarni) ro‘yihatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, 
    o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va 
    o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashini 
    (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni 
    boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron 
    nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq 
    turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh 
    qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy 
    so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, 
    sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron 
    kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish 
    imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar(tyutorlar), 
    kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv 
    kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi 
    davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi 
    operasion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini 
    maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‘qituvchi(tyutor) (yoki 
    elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‘quv resurslarni 
    yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar 
    asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklashi, o‘quvchilarning boshqa 
    o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron 
    doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini 
    tashkillashtirish, 
    o‘quv 
    jarayonida 
    bo‘ladigan 
    yangiliklarni 
    barcha 
    foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, 
    iqtisodiy va marketingga oid operasiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni 
    sanab o‘tish mumkin.

    Download 1.22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron o„quv kontentlariga qo„yiladigan standartlar (SCORM

    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish