• O’quvchilar
  • Mavzu: Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari




    Download 49,28 Kb.
    bet2/2
    Sana20.02.2024
    Hajmi49,28 Kb.
    #159660
    1   2
    Bog'liq
    Mavzu Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari-fayllar.org
    Документ, Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi., NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI., Самостоятельная работа ответ, 95 100 steam oqitishda talim nazariyasi va amaliyoti ozaro tasirining (2), Маҳкумга ариза, O\'qituvchi kitobi 8-sinf, Akmal Babajanov, “Avesto”ning asosiy g\'oyasi mazmuni va mohiyati, 2023-10-09-05-14-43 1813807f9efcb8cbfe1fa90f500bfd3b, Fotima To\'xtayeva, Формирование представлений детей о форме предметов и геометрических, 30610401- Axborot vositalari mashinalari (2), 10-sinf test
    O’qituvchi: Bizning shiorimiz.
    O’quvchilar:
    Matematika kerak,
    Har bir o’g’il va qizga
    Aqlni va fikrni
    Soladi yaxshi izga.
    O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Siz o’tmishi buyuk xalqning farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz bilan farhrlaningiz, ularni dunyo ma’rifatiga qo’shgan javohirlaribilan g’ururlansangiz arziydi. Matematika fanining rivojlanishiga hissalarini qo’shgan allomalarda n kimlarn bilasiz?

    O’quvchilar: Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy…
    2. Uyga vazifani tahlili: O’tilgan mavzuni so’zlash, Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va o’quvchilar bilan birga tahlil qilish.
    3. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e’lon qilib, mavzuni yozuv taxtachasiga yozib qo’yaman. Keyin mavzuni o’quvchilarga tushuntiraman.

    Natural sonlarni qo’shish.
    Ma’lumki, biror natural songa 1 ni qo’shsak, bu sondan keyin keluvchi natural son hosil bo’ladi. Masalan; 5+1=6, 27+1=28, 999+1=1000
    4 ga 3 ni qo’shish – 4 soniga 3 marta 1 ni qo’shish degani:
    4+3=4+1+1+1=5+1+1=6+1=7
    Bu qisqacha 4+3=7 deb yoziladi.
    Bir-biriga qo’shiladigan sonlar – qo’shiluvchilar, qo’shiah natijasi esa yig’indi deb ataladi.
    18 + 37 + 55
    1-qo’siluvchi 2-qo’shiluvchi yiug’indi

    Sonlarni qo’shish sonlar nurida tasvirlash mumkin. A(4) nuqtadan o’ng tomonga qarab 3 ta birlik. Kesmani yasaymiz vz B(7) nuqtani topamiz. Demak, 4+3=7


    2. Natural sonlarni qo’shishning xossalari.
    1. Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirgan bilan yig’indi o’zgarmaydi.

    Qo’shishning bu xossasiga qo’shishning o’rin almashtirish qonuni deb ataladi.


    1-misol: 6+3=3+6 chunki 6+3=9 va 3+6=9.
    2. Songa ikki son yig’indisini qo’shish uchun, bu songa oldin birinchi qo’shiluvchini, song esa ikkinchu qo’shiluvchini qo’shish mumkin.

    Bu xossa qo’shishning guruhlash qonuni deb ataladi.

    2-misol: 5+(4+2)=(5+4)+2=11
    3. Songa nolni yoki nolga sonni qo’shganda o’sha sonning o’zi hosil bo’ladi.

    3-misol: 6+0=0+6=6

    Odatda (4+7)+3 o’rniga 4+7+3 yoziladi. Agar yozuvda qavslar qatnashgan bo’lsa, qo’shish chapdan o’nga qarab birin-ketin bajariladi.
    4. Har qanday natural sonni uning xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishida tasvirlash mumkin.
    4-misol: 78135=70000+8000+100+30+5 yoki 78135=7x10000+8x1000+1x100+3x10+5x1.
    Sinfdagi o’quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni misobaqa dars qilib o’ykazaman.
    1-guruh Epchillar
    2-guruh Zukkolar
    3-guruh Bilimdonlar
    1-shart. Darslikda berilgan 3-misolga har guruhdan bittadan o’quvchini chiqarib bittadan misol yechtiraman. Qaysi guruh a’zosi oldi va to’g’ri ishlasa o’z guruhidan 2-o’quvchini chiqaradi . Ikkita misolni to’g’ri va oldin bajargan guruhga rag’batlantiruvchi geometric shakllarni beraman.
    1-bo’lgan guruhga beshburchak,
    2-bo’lgan guruhga to’rtburchak,
    3-bo’lgan guruhga uchburchak.
    №3
    a) 4705+74573=79278
    b) 46756+13248=60004
    d) 60275+6017=66292
    e) 3485+27341=30826
    f) 34500+2602=37102
    g) 23953+7066=31019

    2-shart. 2-misol.


    Har bir guruhdan 1 ta o’quvchi qatnashadi. Misollar sharning ichiga solinadi. O’quvchi chaqqonlik bilan sharni yorib misolni shartni tezroq bajarishi kerak.
    712
    + 455
    2333

    712
    + 455

    2333
    712
    + 455
    2333

    Shart bajarilgandankeyin o’quvchilarni rag’batlantiraman.


    3-shart: Dam olish daqiqasi.

    Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman/ Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o’lchov birliklarini topib qo’yishi so’raladi. Masalan:



    Shart bajarilgandan keyin o’quvchilarni rag’batlantiraman.

    4-shart: Yig’indini qo’shiluvchilarga ajratish.Bu shartda konsentrik aylanalar yasalgan ko’rgazmali quroldan foydalanaman.


    Bu shartda yig’indi o’rtaga qog’ozga yozib qistirib qo’yiladi.
    O’quvchilarga bir hil o’lchamda qirqilgan qog’ozlar tarqatiladi.
    Ular shu qog’ozlarga 483 ni qo’shiluvchilarini yozib magnet yordamida ko’rgazmaga ilib qo’yadilar.

    Har bir guruh ikkitadan misol tuzishi kerak.


    Bu shartni oxiridaxam o’quvchilarni rag’batlantirib, musobaqani yakunlayman.
    Har bir guruhni yig’gan ballarini hisoblab g’olib guruhni aniqlayman.
    Keyin o’quvchilarni baxolab , quyidagi misralarni keltiraman
    Eslatay qomusning durdona so’zin ,
    Hisob - kitob ochmish aqlning ko’zin .
    Matematika –fanlar podshosi ,
    Har ish ,har soxada ko’rsatar o’zin.
    Barcha jumboqlarga javob izlaymiz ,
    Olam sirlarini bizlar yechajak !
    Ilmu –marifatla bo’lmoq istaymiz
    BizniVatan kutar ,kutar kelajak !
    IV. Dars yakuni . Uyga vazifa 17-18 misollar.

    http://fayllar.org


    http://fayllar.org
    Download 49,28 Kb.
    1   2




    Download 49,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari

    Download 49,28 Kb.