Mavzu: ngs separatorini modellashtirish reja




Download 1,12 Mb.
bet6/14
Sana07.12.2023
Hajmi1,12 Mb.
#113426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jaxongir

Kirish parametrlari: Gkir, Рkir, Lkir
Chiqish parametrlari: GNchiqX, GGchiq
Texnologik konsianta: V
1.4. Tadqiqotning texnologik ob`yektini tanlash
Gaz separatorlarining ishlash prinsipi
Kon qurilmalarida gazni tashishga tayyorlashda gazning tarkibidan har qanday usullarda suvni va suyuqlik komponentlarini ajratib olishda aralashmadagi komponentlarning har xil fizik xossalariga asoslangan tartibda ta’sir etuvchi ajratgichlarning konstruksiyalari qo‘llaniladi. Gazni suyuqlik tomchilaridan va mexanik aralashmalardan ajratishda gravitatsiyali va inersion prinsipliajratgichlar ko‘proq qo‘llaniladi.
Konstruktivjihozlanishibo‘yicha–ajratgichlar inersion tartibda qo‘llanilishiga muvofiq ikki turga bo‘linadi: jalyuzli–gazdan suyuqlik gaz oqimini yo‘nalishini ko‘p marta o‘zgartirish hisobiga ajraladi; siklonli–gazni buralma oqimini hosil qilish orqali amalga oshiriladi.
Geometrikshakligamuvofiq–ajratgichlar tik, yotiq va sferik ko‘rinishdabo‘ladi. Bu konstruksiyalarning har biri ma’lum afzalliklarga va kamchiliklarga ega.
Tikajratgichlar–oqimning pulsatsiyasida yaxshi ishlaydi va yengil tozalanadi. Suyuqlik maydonining yuzasini kichikligi boshqa turdagi ajratgichlarga nisbatan suyuqlikni teskari bug‘lashini keskin kamaytiradi. Tik ajratgichlarning afzalligi –suyuqfazaning chiqib ketishida sath rostlagich ishiishonchlidir.
Yotiqajratgichlar–tashishda qulayligi, katta hajmdagi gazlarni ishlashda tejamkordir. Bir xil o‘tkazuvchanlikda yotiq ajratgichning diametri tik ajratgich diametridan kichik bo‘ladi. Ajratgichlar turlariga bog‘liqbo‘lmagan holda ajratgichlarga, koagulyatsiyali (cho‘kindi hosil qiluvchi) va yig‘ma seksiyali bo‘ladi
Ajratuvchi seksiyali–shartli holda birlamchiva ikkilamchi turlarga ajratishi mumkin. Birlamchi seksiya gazning tarkibidan asosiy yirik suyuqlikning dispers massasini ajratadi. Uning ish samaradorligini oshirish uchun kirishdagi quvurcha tangensial holda joylashtiriladi. Bunda gaz oqimi to‘g‘ri kiritilganda oqimning oldiga sachratuvchi (tarqatuvchi) to‘siq o‘rnatiladi. Oqimning tangensial kirib kelishida suyuqlik gazdan markazdan qochma kuch ta’sirida ajraladi va to‘g‘ri oqim yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Ikkilamchi ajratish yoki cho‘kma seksiya–suyuqlikni o‘rtacha despers qismini ajratishga mo‘ljallangan. Ajratishning ososiy prinsipi gazning kichik tezligida gravitatsiali cho‘ktirishga asoslangan. Gravitatsiyali cho‘ktirishda asosiy

talab oqimni turbulentligini kamaytirish uchun ajratgichlarning ba’zi bir konstruksiyasida oqimni to‘g‘rilovchi maxsus moslamalar o‘rnatiladi.


Koagulyatsiya seksiyasi (tumanekstratori) -cho‘ktiruvchi seksiyalarga cho‘kmagan juda kichik suyuqlik tomchilarni ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Mayda tomchilarni koagulyatsiyalash va ushlab qolishda har xil turdagi jalyuzli nasadkalardan foydalaniladi. Ularda ajratadigan muhit bilan katta kontakt yuzasi hosil qilinadi va inersion kuchdan foydalaniladi. Kichik o‘lchamdagi tomchilar (diametri 100 mkm.dan kichik) jalyuz nasadkasi yordamida olib chiqib ketiladi va simli to‘rlardan tashkil topgan kapillyarli tuman ekskatorida ushlab qolinadi. Yig‘ma seksiya–ajratilgan suyuqliklarni to‘plash va chiqarib ketish uchun xizmat qiladi. U yetarli kattalikdagi hajmga ega bo‘ladi va qulay joylashtirilishi, ajratgich to‘xtovsiz oqimda normal ishlashi hamda ajratilgan suyuqlik gazning oqimiga ta’sir qilmasligi kerak. Tomchilarni koagulyatsiya jarayoni nobarqaror bo‘lib, uning barqarorlashishiuchun aniq vaqt talab qilinadi. Tomchilarning o‘lchami 10-5sm.gacha bo‘lganda Broun harakatiga ega bo‘ladi, undan yuqorida esa –turbulent oqim bo‘ladi. Ma’lumki, gazning zichligi suvning zichligidan juda ham kichik bo‘lganligi uchun gaz oqimining turbulentligida tomchilarning o‘lchami 10-4sm.dan katta bo‘lganda inersion kuchlar katta ta’sir ko‘rsatadi va tomchilarning mustahkamlanishi asosan turbulentli koogulyatsiya natijasida boradi. Tomchilarning o‘sishi turbulent pulsatsiya ta’sirida parchalanguncha gaz suyuqlik tizimida oqim mustahkamligining umumiy nazariyasidan ma’lumki, suyuqlik tomchisi pardali oqim sirtidan uzilganda az va suyuqlikning tezligini maksimal qiymati gorizontal quvurlar orqali birgalikda harakatlanganda sodir bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, eng yaxshigaz suyuqlik ajratgich –gorizontal quvurning birqismi bo‘lib, mualloq tomchini pardali holatga o‘tkazishini ta’minlashda uning kirish qismiga maxsus qurilma o‘rnatiladi. Bunday qurilmalarga har xil turdagi buralmalar, qanotchalar, shneklar va boshqalar kiradi
2.6-rasmdatik neft –gaz ajratgich va 2.7-rasmdayotiq neft –gaz ajratgichning chizmalari keltirilgan. Gazdan qatlam suyuqliklarini yoki kondensatdan gazni ajratishdaolishdaajratgichlar (ajratgichlar) xizmat qiladi. Quduq mahsulotlarini har xil fazalargaajratish ulargaishlov berishning birinchibosqichihisoblanadi.
Ajratgichlar to’rttaseksiyadan tashkil topgan: asosiy eng ko’p gazning ulushini ajratish uchun; cho’ktiruvchi seksiyali-asosiy seksiyadan o’tgan qismidan gaz pufakchalarini ajratish uchun; neftni yig’ish seksiyasi –ajratgichdan va tutgichdan chiqqan nefti yig’adi; seksiyali ajratgichdan gaz bilan olib chiqib ketiladigan tomchi suyuqlikni ushlovchi.
Ajratgich ishining samarasi ajratgichdan chiqayotgan suyuqlikdagi gazning tarkibi va gazni yig’ish uchun quvur uzatma orqali olib chiqib ketilayotgan gazdagi suyuqlikning tarkibiga qarab aniqlanadi. Bu ko’rsatgichlar qanchalik darajada kam bo’lsa, ajratgich shunchalik yaxshi ishlaydi.
Ishning tartibi boyicha fazalarga ajratish ta’sir etuvchi kuchga asoslangan bo’ladi, ajratgichlarni gravitasiyali, markazdan qochma va kimyoviy turlarga ajratish mumkin. Konlarda gorizontal va tik konstruksiyali korpusli ajratgichlardan foydalaniladi. Tik ajratgichlarda (2.6-rasm) fazalar gravitasiya kuchlar ta’sirida bo’linadi. Neft-gaz aralashmasi quvur orqali (I) asosiy seksiyaga(1) tushadi, undan keyin tarqatish kollektorlariga(2) keladi, kollektor esa yoriqli silindr shaklida bo’ladi. Yoriqlardan oqib chiqqan tekis oqim aralashmasi qiya tekis qatorga(6) beriladi. U orqali suyuqlik oqib o’tishida gazsizlanadi –gazning pufakchalari juda yuqa suyuqlik qatlami orqali ko’tariladi.

Ajratgichning yuqori qismida tomchi tutqich IV seksiya joylashgan, qavurg’a shaklidagi nasadkalardan (4) tashkil topgan. Gazning oqimi kanallar orqali o’tadi, (4) detallarga o’riladi, o’zining yo’nalishini doimo o’zgartiradi, suyuqlikning tomchilari katta inersiyaga ega bo’lganligi uchun qavurg’alarga uriladi va tubida joylashgan idishga oqib tushadi, u erdan esa drenaj quvuri (13) orqali neft yig’ish III seksiyasiga to’planadi. Neft yig’ish seksiyasining konstruksiyasi tindiruvchidir.
II seksiya bilan birlashtirilganligi uchun to’plangan neftning tarkibiga oqib o’tadi va unda gaz pufakchalarining ajralishi sodir bo’ladi. Ajratgich korpusining pastki qismida sathni rostlagichlar (7,8) o’rnatilgan, suyuqlik qatlamining balandligini doimiy ravishda ta’minlab turadi va neftni tashlash chizig’iga gazni kirib kelishiga yo’l bermaydi. Qumdan, kuyindilardan va hakozolardan to’lgan cho’kmalarni chiqarib yuborish uchun korpusning ostki qismiga quvur uzatmasi (a) o’rnatilgan.
Ajratgichlar quduqning mahsulotini birdaniga uch komponentga gaz, suv va neftga ajratadi. Xuddi shunday qurilma(2.7-rasm) gorizontal joylashgan silindrik korpus bo’lib, ikki bo’linmadan tuzilgan: ajratish va tindirish. Aralashma bo’linmaga(3) tushadi hamda gaz va suyuqlikka ajraladi. Ajratilgan gaz GQIZ (gazni qaytaishlash zavodi)ga beriladi, suyuqlik esa tomchi hosil qilgich (12) orqali qaytadan tindirish bo’linmasiga oqib tushadi, u erda esa neft suvdan va gazning qoldiqlaridan ajratiladi. Tindirish bo’linmasining ichki bo’shlig’i orqali gaz gazni olib chiqish kollektoriga(5) beriladi va bosim rostlagich orqali (2) quvur uzatmalarga kelib tushadi. Neft va suv drenaj quvur uzatmalar orqali olib chiqiladi. Ajratgichda suvning va neftning bo’linmalarida sathni o’zgartirish uchun sath rostlagich (8; 9) o’rnatilgan boshqaruvchi bajaruvchi(a) suvni tashlab yuboruvchi hisoblanadi.
Gravitasiyali ajratgichlarning asosiy umumiy kamchiligi apparatning ish unumdorligini pastligidir. Buning sababi gaz pufakchalarining past tezlikda ajralib chiqishi, demak ajratiladigan suyuqliklardan yupqa qatlam oqimlarini tezligini kichikligidir. Gidrosiklonli vasiklonni ajratgichlarda markazdan qochma kuchdan foydalanilganda ularning gabarit o’lchamlarini kichraytiradi va ish unumdorligini oshiradi. Oddiy siklonli ajratgich ichi bo’sh silindr ko’rinishida bo’ladi, pastki qismi gaquvur payvandlanadi va gaz suyuqlik aralashmasini patensial kirishini ta’minlaydi.
Ajraladigan aralashma ajratgich korpusida aylanma harakat oladi, gaz suyuqlikdan silindrning atrofida hajmda ajraladi, gazsizlangan suyuqlik esa chetki tomonida qoladi. Siklonli ajratgichda(2.7-rasm) ajratish ikki bosqichda olib boriladi: gaz suyuqlik aralashmasi patensial joylashgan qisqa quvur (6) orqali korpusga kiritiladi, ajratgich qoplamasida gazni suyuqlikdan ajralishi sodir bo’ladi.



Download 1,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ngs separatorini modellashtirish reja

Download 1,12 Mb.