|
Texnologik jarayon tavsifi. Kirish chiqish kattaliklari
|
bet | 5/14 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #113426 |
Bog'liq Jaxongir1.2.Texnologik jarayon tavsifi. Kirish chiqish kattaliklari
Gazlarni tozalash ikki bosqichda o’tkaziladi. Tozalashga kiritiluvchi gaz separatorga berilib, undan kondensat ajratiladi. Separator yuqorisidan chiquvchi gaz adsorberga yuboriladi. Separator (lotincha “separator” – “ajratkich”) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuqlikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun mo`ljallangan qurilma. Neft va Gaz Separatori esa neftli aralashma tarkibidan neftni va gazni ajratib beruvchi qurilmadir.
3-rasm. Gorizantal separator sxemasi
Gaz separatorning yuqori qismi orqali chiqarib tashlanadi. PIRC-220 rostlagichi undagi bosimni gazlarni chiqarib tashlash quvurida (truboprovodida)gi klapan yordamida ushlab turadi. FIR-120 datchigi gaz sarfini o‘lchaydi, AIR-520 analizatori gaz fazasidagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Suyuq faza separatorning tubi orqali separatorda berilgan sathni ta’minlab turuvchi LIRC-410 rostlagich klapani joylashgan quvur (truboprovod) bo‘yicha chiqariladi. TIR-310 datchigi separatordagi haroratni, FIR-110 datchigi separatordan ketayotgan sarfni, AIR-510 analizator-suyuq fazadagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Ishchi diapazon chegarasidan jarayonning asosiy o‘zgaruvchilari chiqib ketganda, ogohlantiruvchi yoki avariyali signalizasiya ishlab ketadi.
Bosimni avariyali pasaytirish uchun NGS separatorda baypasida NS-010 rostlanuvchi qulfi bo`lgan saqlagich klapan o`rnatilgan.
Saqlagich klapan bosim 3 kg/sm2 bo‘lganda ochiladi.
1.3. Funksional texnologik sxemaning tavsifi
Gkir [m3/soat] – Kirishda neft sarfi;
Рkir[atm] – Kirishda neft bosimi;
Lkir [%] – separatorda neft sarfi;
GNchiq[m3/soat]- chiqishda neft sarfi;
GGchiq[m3/soat]- chiqishda gaz sarfi.
V [m3] – separator hajmi.
Separatorda ketayotgan jarayonni keyingi tekshirishlar uchun, jarayonning statistik modelini ishlab chiqish kerak.
Ob`ektga nisbatan chapda joylashgan parametrlar kirish parametrlari, ya`ni o`zgartirish mumkin bo`lgan parametrlar. Ularning qiymati jarayon rejimiga bog`liq emas deb faraz qilinadi.
Obektga nisbatan o`ngda joylashgan parametrlar-chiqish parametrlari, ya`ni ularning qiymati kirish parametrlari ta`siriga bog`liq ravishda boshqarish va g`alayon parametrlari ta`siri ostida jarayonning o`zgarish rejimi asosida aniqlanadi.
Ob`ektga nisbatan yuqorida joylashgan parametrlar-jarayonning o`zgarmas qiymatlari, yoki ob`yektning texnologik konstantalari
|
| |