|
Separatorlar va ajratgichlarning maqbul konstruktsiyalari
|
bet | 7/14 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #113426 |
Bog'liq JaxongirSeparatorlar va ajratgichlarning maqbul konstruktsiyalari
Gazni qazib chiqarish, tayyorlash, tashish va saqlashda turli xil toifaga mansub separatorlardan (gazli, suyuq va qattiq fazalarni ajratish uchun) foydalaniladi.
Ba’zi hollarda separatorlar suyuqlik va gazni ajratishda qo‘llaniladi , masalan, neftni yo‘ldosh gazdan yoki siqilgan havon kompressor moyidan separatsiyalashda foydalaniladi. Bu guruh separatorlarini trap yoki gravitatsion separatorlar deb ataladi. Traplarda suyuqlik va gazni ajratish asosan gravitatsiya kuchlari hisobiga bo‘ladi. ba’zan trap konstruksiyasiga otboyka va koagulyatsiya qurilmasi qo‘shiladi. Bunda traplarning samaradorligi bir qancha ortadi, separatsiyalanayotgan zarralarga ta’sir qiluvchi gravitatsiya kuchlariga inersiya kuchlari qo‘shiladi. Biroq traplardagi separatsiya samaradorligi kam hollarda 80-85% dan oshadi.
Tashishga mo‘ljallangan gazni tozalashda qo‘llaniladigan keying guruh separatorlarini «quruq» va «ho‘l» chang yutgichlar yoki skrubberlarga sinflash mumkin.
Gaz-suyuqlik-suyuqlik tizimini ajratish uchun alohida guruh separatorlaridan foydalaniladi. Ular uch fazali separatorlar yoki suyuqlik ajratgichlar deb ataladi. Gazni tayyorlash qurilmalaridagi turli suyuqlik va reagentlarni saqlash, to‘kish, to‘ldirish va aralashtirish uchun qo‘llaniluvchi texnologik hajmlar separator guruhiga kiradi.
Separatorlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
–gazli oqimdan suyuqlikning asosiy oqimini yo‘qotish uchun yetarlicha birlamchi separatsiya seksiyasiga ega bo‘lishi;
–gazli oqimdan suyuqlikni samarali yo‘qotilishini ta’minlash uchun suyuqlik bo‘yicha yetarlichas amaradorlikka ega bo‘lish;
og‘irlik kuchi ta’sirida suyuqlikning asosiy massasini cho‘kishini ta’minlash uchun yetarlicha uzunlik, balandlik yoki hajmga, ayniqsa, suyuqlikni tiqinli kirish rejimiga ega bo‘lish;
–gazsimon suyuq oqimning turbulentligini pasaytirish uchun muhit va qurilma;
–separatsiyalangan gazli oqimdan suyuqlik tomchilarini oqizishni pasaytirish uchun samarali scrubber nasadkalariga ega bo‘lishi;
–yetarli miqdorda qulf va boshqarish armaturalari, KIP, avtomatika va telemexanika asboblariga ega bo‘lishi kerak. Separatorlarni loyihalashtirish va ishlatishda quyidagi hisoblashlar amalga oshiriladi:
–konstruksion (devorqalinligi, ishchibosim, uzel va detallarga baritlari hisobi);
–texnologik(samaradorlikhisobi);
–gidravlik (bosim yo‘qotish hisobi).
Markazdan qochma boshqariladigan gazoseparatorlar gazni tayyorlash qurilmalarida gazni suyuqlikdan birlamchi tozalash uchun mo‘ljallangan. Separatorlar 6,4-16 MPa ishchi bosimga bardoshli qilib ishlab chiqariladi. Separatorlar apparatga kelib tushuvchi suyuqlik 200sm3/nm3 gacha bo‘lgan gazlarni tozalash darajasi 98% dan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Gazoseparatorlari issiq mo‘tadil va sovuq iqlimli (GOST16350—80), ishchi muhit harorati -30 “+100S rayonlarda ishlatilishi mumkin. Bosim yo‘qotilishi 0,03 MPa gacha.
Separatorlar konstruksiyasida isitgichlar suyuqlikni yig‘uvchi bo‘shliqning ichki qismiga joylashtirilgan. Gazni suyuqlikdan tozalashning pasportdagi darajasini ta’minlash uchun ishchi bosimga bog‘liq holda gaz bo‘yicha separatorlarning samaradorligi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas uyurma konusidan tashkil topgan maxsus qurilma yordamida boshqariladi. Qo‘zg‘aluvchan uyurma konusi shturvalaylanishi bilan qo‘zg‘aladi. O‘rtacha ishlash davri 10 yil, 11000 soatdan so‘ng ishdan chiqadi, capital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qo‘llash koeffitsiyenti 0,97.
Ishchi muhitga bog‘liq holda markazdan qochma boshqariluvchi gazoseparatorlarining samaradorligi grafik bo‘yicha aniqlanishi mumkin (2.10-rasm). Bunda gaz suvli aralashma maxsus uyurma yordamida ta’minlanadigan vertikal silindr patrubkada oqimni aylantirish hisobiga ajratiladi. Gaz-suvli oqimin ersiya va markazdan qochma kuchlar ta’sirida uyurmadan o‘tganda suyuqlik vertikal silindrik patrubka devorlariga kelib uriladi va uning devorlari bo‘ylab oqib, uzluksiz yoki davriy drenajlashdan o‘tadi. Separatsiyalangan gaz vertikal silindrik patrubkadan markaziy patrubka orqali chiqadi.
Separatorda isitgichlar suyuqlikni yig‘uvchi bo‘shliqning pastki qismiga joylashtirilgan. O‘rtacha ishlash davri 10 yil , 20000 soatdan so‘ng ishdan chiqadi, kapital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qo‘llash koeffitsiyenti 0,98 .
To‘rli gazoseparatorlardagi gaz-suvli oqim inersiya va gravitatsiya kuchlari ta’sirida ikki oqimga gaz va suyuqlikka ajraladi. Suyuqlikning asosiy massasi separator korpusining o‘rta qismida separatsiyalanadi vaSuyuqlik yig‘uvchining tubiga cho‘kadi. Suyuqlikning tuman simon massasi (yupqa disperstomchilar) separator korpusining yuqori qismida joylashgan vertikal to‘rli skrubber nasadkalari paketlaridagi gazli oqim separatsiyalanadi va separatsiyalangan suyuqlik drenajlanadi. Sbornikdan chiqqan suyuqlik uzluksiz yoki davriy ravishda drenaj yoki texnologik liniyaga uzatiladi.
To‘rsimon gazoseparatorlar (OST26-02-2058—79) kondagi gaz tayyorlash qurilmalarida gazni suyuqlikdan tozalashga, gaz va neftni qayta ishlash zavodlaridagi texnologik jarayonlarda gazni oraliq va yakuniy tozalash uskunalari sifatida qo‘llaniladi. Separatorlar apparatga kelib tushuvchi suyuqlik 200sm3/nm3 gacha bo‘lgan gazlarni tozalash darajasi 99% dan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi.
To‘rsimon gazoseparatorlari issiq, mo‘tadil va sovuq iqlimli, ishchi muhit harorati-30 -+100ºS rayonlarda ishlatilishi mumkin. Ishchi muhi toqimidagi bosim yo‘qotilishi 0,05 MPagacha, to‘rsimon otboynikda esa 0,02 MPa ortiq emas.
To‘rsimon gazseparatorlarining uch turi ajratiladi:
–diametri 600 va 800 mm, ishchi bosimi 0,6-8 MPa, gaz bo‘yicha samaradorligi 0,08-0,8 mln.nm3/sutbo‘lgan bo‘laklarga bo‘linuvchi korpus flanetsli vertical silindrli (2.11-rasm);
–diametri 1200 va 1600 mm, ishchi bosimi 0,6-8 MPa, gaz bo‘yicha samaradorligi 0,08-2 mln.nm3/sut bo‘lgan vertical silindrli (2.12-rasm);
–sfera diametri 2200 v a 2600 mm, ishchi bosimi 1-8 MPa, gaz bo‘yicha samaradorligi 2-5 mln.nm3/sut bo‘lgan suyuqlikni silindrik sbornikli sharsimon. Separatorlar konstruksiyasida isitgichla rsuyuqlikni yig‘uvchi bo‘shliqning pastki qismiga joylashtirilgan. O‘rtacha ishlash davri 10 yil , 11000 soatdan so‘ngishdan chiqadi, kapital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qo‘llash koeffitsiyenti 0,98.
To‘rsimon gazoseparatorlardagi gazsimon suyuqlik tomchiga ko‘rsatilayotgan gravitatsiya va inersiya kuchlari hisobiga gaz va suyuqlikka ajraladi. Suyuqlikning asosiy massasi gaz oqimidan separatsiyalangan korpusning o‘rta qismiga to‘planadi va suyuqlik sbornikiga cho‘kadi. Yupqa disperstomchilar korpusning o‘rta qismiga joylashtirilgan to‘psimon tomchi otboykasida koagulyatsiyalanadi va qisman pastga qarabs uyuqlik sbornikiga oqadi. Gazni suyuqlikdan yakuniy tozalash separator korpusining yuqori qismida joylashgan to‘rsimon skrubberseksiyasida amalga oshiriladi, bu yerdan separatsiyalangan suyuqlik sbornik suyuqlik darajasigacha drenajlanadi. Sbornikdan suyuqlik uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi.
Siklonli gazoseparatorlar gaz omili yuqori bo‘lgan gaz va gazkondensat konlarida qo‘llaniladi. Separatsiyalangan suyuqlikni oqib ketishini oldini olish maqsadida siklonli gazoseparatorlari konstruksiyasida chiqarish quvuriyorilishi e’tiborga olingan. Loyihaviy termodinamik sharoitlarda siklonni ishlashida samaradorlik 95% yetadi. Siklonli gazoseparatorlar gazni tayyorlash qurilmalarida separatsiyalashning birinchi bosqichida gazni xomaki tozalash uchun qo‘llaniladi
Siklonli gazoseparatorlarining uch turi qo‘llaniladi:
–diametri 80; 100; 150; 200 mmli ishchi bosimi 6,4; 10; 16; 20 MPa bo‘lgan isitgich va isitgichsiz kojuxli;
–diametri 80; 100; 150 mmli ishchi bosimi 1,6; 4; 6,4; 10; 16; 20 MPa bo‘lgan, shuningdek, diametri 200; 250; 300; 350; 400; 450 mmli ishchi bosimi 1,6; 4; 6,4; 10 bo‘lgan isitgich va isitgichsiz ochiq turdagi;
–diametri 100; 150; 200 mmli ishchi bosimi 6,4; 10; 16; 20; 25 MPa bo‘lgan to‘g‘ri oquvchan turi qo‘llaniladi. Traplar (gravitatsiyaseparatorlar) neft va alohida holatlarda gaz konlarida qo‘llaniladi.Asosan vertikal turdagi traplar qo‘llaniladi. Bu ushbu turdagi separatorlarda gaz omili past bo‘lgan gazsimon suyuq mahsulotni ajratish bilan tushuntiriladi. Bunda suyuqlik gazdan separatsiyalanadi. Trapda gazsimon suyuq mahsulotni ikki usul bo‘yicha qizdiriladi: neftni gazdan ajratish va yo‘ldosh gazni neftchangidan tozalash. neftni gazdan uning oqimini mayda oqimchalarga ajratish yoki neftni sachratish yo‘li orqali ajratib olinadi. Bu jarayon birlamchi separatsiyalash kamerasida ro‘y beradi va u kirish patrubkasiga bog‘liq. Odatda, patrubkalarning tangensial yoki radial sirg‘aluvchi turlari qo‘llaniladi. Neftdan ajratilgan kirish patrubkasidagi yo‘ldosh gaz trapning gravitatsion kamerasida neft tomchilaridan separatsiyalanadi, bunda yaxshi separatsiyalanish uchun otboyshit va soyabonlarning joylashtirilganligi hisobiga bo‘ladi. Odatda, traplarda gazseparatsiyasining samaradorligi otboynikshit va soyabonli turlarida 70-85 % dan oshmaydi. Traplarning ikki turi qo‘llaniladi: 58 mahsulotda quduq qumlari yoki boshqa qattiq moddalar bo‘lganda qo‘llaniluvchi radial yoriqli kiritma; tangensial kiritma. Ishchi bosim 0,6; 1,6; 2,5; 4; 6,4; 10; 16 MPa, diametr 400; 600; 800; 1000; 1200; 1400; 1600 mm. Traplardan chiqayotgan gaz yaxshi tozalanishi uchun oxirgi separatsiya qurilmalaridano ‘tkazish tavsiya qilinadi.
Tozalanayotgan tabiiy gaz separatsiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun gazning qurilmadan chiqishida uning tarkibidagi mayda suyuq tomchilarni ushlab qolish uchun tomchi ushlagichlar o‘rnatiladi. Qurilmada separatsiya nasadkalari va tomchi ushlagichlar gaz oqimiga perpendikulyar holda o‘rnatiladi va separatsiyalash jarayoni samaradorligi oshadi.
Ba’zi bir konstruksiyalarda tomchi ushlagichlar gaz oqimiga qiya holatda joylashtirilib yig‘ma metal to‘rlardan iborat bo‘lagan bloklardan foydalanilda. Bunday holatlarda metal to‘rlarning g‘ovakligini tanlash orqali chiqayotgan gaz tarkibidagi namliklar miqdori va mexanik qo‘shimchalar, ya’ni qattiq zarrachalar ushlanib qolinadi.
Tabiiy tozalangan gazning qurilmadan chiqishida chiqish shtuseri pastki qismidagi patrubkaning qurilma ichki qismi og‘zi gaz oqimiga teskari ravishda o‘rnatiladi va bu bilan gaz tarkibidagi mayda suyuq tomchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqib ketishi oldi olinadi. Barcha turdagi separatorlar kondensatni qo‘yib olish va qatlam suvlarini quyi bolish uchun alohida drenaj qurilmalari bilan jihozlangan bo‘ladi. Drenaj qurilmalaridan chiqayotgan suyuqlik qatlam suvlari suvni tozalash qurilmalariga kondensat esa kondensatni barqarorlashtirish qurilmalariga yuboriladi.
Xozirgi paytda neft va gaz sanoati korxonalarida tabiiy gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida qo‘llanilayotgan gorizontal separatorlarning texnik tavsifnomalari quyidagicha:
-ishchi bosim, MPa –0,1 dan16 gacha;
-ishchi harorat, 0 S – -60 dan 300 gacha;
-qurilma diametri, mm–3000 gacha;
-qurilmauzunliklari, mm – 7000 gacha;
-qurilmaning ichki xajmi , m3– 63 gacha:
-korpusi tayyorlanadigan material – uglerodli va zanglamas po‘latlar;
-ichki jihozlari tayyorlanadigan materiallar – uglerodli, zanglamas po‘latlar.
|
| |