|
Yengni yengni o’miziga o’rnatib tikish texnologiyasi
|
bet | 112/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA3.Yengni yengni o’miziga o’rnatib tikish texnologiyasi. Yeng qirqimlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va teskari tomonidan 1 sm chok xaqqi hisobida tikiladi. Tikilgan choklar gazlamaning teskari tomoniga namlangan mato bilan dazmollanadi. Dazmol qilingan yeng qirqimlarini maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi.
Etak qismini tikishda orqa va oldi bo’laklar etak qismlarini o’ngini ichkariga qaratib qo’yib yon qirqimlari chetidan 1-1,5 sm tikiladi. Tikilgan yon qirqimlari orqa bo’lakka qaratib dazmollanadi. Tikib dazmol qilingan yon qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi. Orqa va old yuqori qirqim chetlaridan 0,5 sm ichkarida birinchi bahyaqator yuritiladi. Bahyaqatordan 0,5 sm ichkaridan ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Ikkala bahyaqatorlarning ostki iplari tortiladi va burmalar tekislanadi.
Lozimni pastki qirqimida manjetni tikishda, manjetni o’rtasidan bukish chizig’i bo’ylab bukib, ostki manjet tomonidan dazmollanadi. Ostki manjet teskari tomonidan dublirinning kley tomonini qo’yib namlab isitib ishlov beriladi, bunda qotirma qirqimlari gazdlama chok haqlariga 2-3 mm kirib turish kerak. Gazlamani o’ngini ichkari tomonga bukib, manjet qirqimlari chetidan 0,5-0,7 sm ichkaridan biriktirib tikiladi. Tikilgan chok qirqimi yorib dazmollanadi. Tayyor manjet ostki manjet tomonidan namlab isitib ishlov beriladi.
YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
Mavzu №:20. Milliy ko‘ylаkni yig’ish
Maqsad: Milliy ko‘ylаkni yig’ish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish
|
| |