|
Yon qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi
|
bet | 68/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA3. Yon qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi. Yon qirqimlari gavdaga yopishib turishi uchun, bel qismi cho’zib dazmollanadi. Ort bo’lakni bir tomonidan ham qaytarib bajariladi.Ostki yoqa bo’laklarining o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’rilab, baxyaqator uchlarini puxtalab biriktirib tikiladi. Ostki yoqaning yelimli qotirmasi avraga qaraganda torroq bo’ladi. Yelimli qotirma qirqimlari yoqaning biriktirma chokiga 0.2-0.3 sm tushishi kerak. Ostki yoqaning ko’tarma qirqim tomonini o’zi tomonga qaratib, teskari tomnini yuqoriga qaratib stol ustiga qo’yiladi va ustiga yelimli qotirmani yelim tomonini pastga qaratib yelimli qotirma qo’yiladi.
Yelimli qotirma namlanadi. Dazmolda, hamma operatsiyalarga rioya qilib yopishtiriladi. Ostki yoqaga shakl berish uchun uni ko’tarma qirqimi tomondan o’ng va chap tomonga 0.6-0.7 sm oraliqda cho’zib dazmollanadi. Buning uchun ostki yoqa ko’tarma qirqimlarini o’ziga qaratib qo’yib namlanadi va cho’zib yoqa uchlari o’zidan nari tomonga yo’naltiriladi. Keyin ostki yoqaning qaytarmasi bo’ylab salgina cho’zib dazmollanadi.
YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
Mavzu №:12. Old vа ort bo‘lаk yon qirqimlаrini biriktirib tikish
Maqsad: Old vа ort bo‘lаk yon qirqimlаrini biriktirib tikish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish
|
| |