• 1.Old va ort bo’laklarini yon qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi.
  • 2.Yon qirqimlarini dazmollash texnologiyasi.
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet67/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob
    1Old va ort bo’laklarni yelka yon qirqimlar necha sm da biriktirib tikiladi.
    2Yelka qirqimini yo’rmashda qanday moshinadan foydalanamiz.
    3.Yelka qirqimlarni dazmollashda necha kgli foydalanamiz.
    12-MAVZU: Old vа ort bo‘lаk yon qirqimlаrini biriktirib tikish
    Reja:

    1. Old va ort bo’laklarini yon qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi;

    2. Yon qirqimlarini dazmollash texnologiyasi;

    3. Yon qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi.


    1.Old va ort bo’laklarini yon qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi. Yelimli qotirma bo’lak teskari tomonidan yopishtiriladi, buning uchun old bo’lak o’ngini pastga, adip qirqimlarini o’ziga qaratib stol ustiga qo’yiladi, yelimli qotirmani yelim tomonlarini pastga qaratib yopishtiriladi. Yelimli qotirma bo’laklari avra bo’laklaridan 3-5 mm kichikroq qilib bichiladi, shunda yelimli qotirma qirqimlari chokka 1-2 mm ga tushadi. Yelimli qotirmaning yopishtirishda uni namlab, dazmolni tanda ipi yo’nalgan tomonga bir oz to’xtatib-to’xtatib yuritiladi. Old bo’lakning adip qirqimi stol chetiga parallel joylashtirilib, hosil bo’lgan solqi izma joylarida kirishtirib dazmollanadi.Old bo’lakning yoqa o’mizi va yelka tomonlari o’ziga qaratib qo’yiladi. Hosil bo’lgan solqining yoqa o’mizi joyida kirishtirib dazmollanadi, yelka qismi to’g’ri dazmollanadi. Old bo’lak bo’laklari yeng o’mizini o’ziga qaratib qo’yiladi.
    2.Yon qirqimlarini dazmollash texnologiyasi.Yeng o’mizida hosil bo’lgan solqi kirishtirib dazmollanadi.Namlab-isitib bajariladigan ishlar oldin o’ng old bo’lak tomondan, keyin hamma usullar chap old bo’lak tomondan qaytariladi. Ort bo’lak qismlarining yengini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’ri keltirib, biriktirib ko’klanadi yoki to’g’nog’ichlar bilan to’g’nab, o’ng qism tomondan biriktirib tikiladi. Bunda baxyaqator yoqa o’mizidan boshlab, Ayollar ko’ylagi etagi tomonga yuritiladi, uchlari puxtalanadi. Chok kengligi 1.0 sm bo’ladi. Gavdaga yopishib yoki sal yopishib turadigan siluetdagi Ayollar ko’ylagilar ort bo’lagiga namlab-isitib ishlov berishni bajaradi. Ayollar ko’ylagi ort bo’lagi gavdaga to’la yopishib turishi uchun quyidagi ish bajariladi: stol ustiga ort bo’lakning o’rta yoki tikilgan ikki qismining o’ngini ichkariga qaratib, yeng o’miz tomonlarini esa o’ziga qaratib qo’yiladi va yeng o’miz qismi kirishtirib dazmollanadi. Dazmollashda yeng o’miz qismini va yon qirqim qismini 8-10 sm oraliqda qamrab olinadi. Ort bo’lakni bir tomonidan kirishtirib dazmollab, keyin xuddi shunday usulda ikkinchi tomonidan qaytariladi. Ort bo’lak yon qirqimlarini o’ziga qaratib, stol ustiga qo’yiladi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




    Download 35,01 Mb.