• YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
  • Yelka qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi




    Download 35,01 Mb.
    bet63/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    3.Yelka qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi.Gavdaga yopishib yoki sal yopishib turadigan siluetdagi Ayollar ko’ylagilar ort bo’lagiga namlab-isitib ishlov berishni bajaradi. Ayollar ko’ylagi ort bo’lagi gavdaga to’la yopishib turishi uchun quyidagi ish bajariladi: stol ustiga ort bo’lakning o’rta yoki tikilgan ikki qismining o’ngini ichkariga qaratib, yeng o’miz tomonlarini esa o’ziga qaratib qo’yiladi va yeng o’miz qismi kirishtirib dazmollanadi. Dazmollashda yeng o’miz qismini va yon qirqim qismini 8-10 sm oraliqda qamrab olinadi. Ort bo’lakni bir tomonidan kirishtirib dazmollab, keyin xuddi shunday usulda ikkinchi tomonidan qaytariladi. Ort bo’lak yon qirqimlarini o’ziga qaratib, stol ustiga qo’yiladi. Yon qirqimlari gavdaga yopishib turishi uchun, bel qismi cho’zib dazmollanadi. Ort bo’lakni bir tomonidan ham qaytarib bajariladi.Ostki yoqa bo’laklarining o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’rilab, baxyaqator uchlarini puxtalab biriktirib tikiladi. Ostki yoqaning yelimli qotirmasi avraga qaraganda torroq bo’ladi. Yelimli qotirma qirqimlari yoqaning biriktirma chokiga 0.2-0.3 sm tushishi kerak. Ostki yoqaning ko’tarma qirqim tomonini o’zi tomonga qaratib, teskari tomnini yuqoriga qaratib stol ustiga qo’yiladi va ustiga yelimli qotirmani yelim tomonini pastga qaratib yelimli qotirma qo’yiladi.
    Yelimli qotirma namlanadi. Dazmolda, hamma operatsiyalarga rioya qilib yopishtiriladi. Ostki yoqaga shakl berish uchun uni ko’tarma qirqimi tomondan o’ng va chap tomonga 0.6-0.7 sm oraliqda cho’zib dazmollanadi. Buning uchun ostki yoqa ko’tarma qirqimlarini o’ziga qaratib qo’yib namlanadi va cho’zib yoqa uchlari o’zidan nari tomonga yo’naltiriladi. Keyin ostki yoqaning qaytarmasi bo’ylab salgina cho’zib dazmollanadi.

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA

    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:11 Old vа ort bo‘lаk yelkа qirqimlаrini biriktirib tikish
    Maqsad: Old vа ort bo‘lаk yelkа qirqimlаrini biriktirib tikish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish


    Download 35,01 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




    Download 35,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yelka qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi

    Download 35,01 Mb.