• 11-MAVZU: Old vа ort bo‘lаk yelkа qirqimlаrini biriktirib tikish Reja
  • 2.Yelka qirqimlarini dazmollash texnologiyasi
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet62/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javoblar
    1Old va ort bo’laklarni yelka yon qirqimlar necha sm da biriktirib tikiladi.
    2Yelka qirqimini yo’rmashda qanday moshinadan foydalanamiz.
    3.Yelka qirqimlarni dazmollashda necha kglidazmoldan foydalanadi.


    11-MAVZU: Old vа ort bo‘lаk yelkа qirqimlаrini biriktirib tikish
    Reja:

    1. Old va ort bo’laklarini yelka va yon qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi;

    2. Yelka qirqimlarini dazmollash texnologiyasi;

    3. Yelka qirqimlarini yo’rmalash texnologiyasi.



    1.Old va ort bo’laklarini yelka va yon qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi.Ayollar ko’ylagini tashqi ko’rinishini yaxshilash va chidamliligini uzaytirish uchun uning bo’laklariga qotirma yopishtiriladi, bu Ayollar ko’ylagining asosiy bo’lagiga yelim qoplangan qotirmani qo’yib, butun hamma joyiga yoki bir qismiga qotirma yopishtirish demakdir. Yelimli qotirma aslida pressda yopishtiriladi, agar press bo’lmasa dazmolda yopishtiriladi. Asosiy bo’laklarning vitochkalarini tikmay turib, yelimli qotirma yopishtiriladi.
    2.Yelka qirqimlarini dazmollash texnologiyasi.Yelimli qotirma bo’lak teskari tomonidan yopishtiriladi, buning uchun old bo’lak o’ngini pastga, adip qirqimlarini o’ziga qaratib stol ustiga qo’yiladi, yelimli qotirmani yelim tomonlarini pastga qaratib yopishtiriladi. Yelimli qotirma bo’laklari avra bo’laklaridan 3-5 mm kichikroq qilib bichiladi, shunda yelimli qotirma qirqimlari chokka 1-2 mm ga tushadi. Yelimli qotirmaning yopishtirishda uni namlab, dazmolni tanda ipi yo’nalgan tomonga bir oz to’xtatib-to’xtatib yuritiladi. Old bo’lakning adip qirqimi stol chetiga parallel joylashtirilib, hosil bo’lgan solqi izma joylarida kirishtirib dazmollanadi.
    Old bo’lakning yoqa o’mizi va yelka tomonlari o’ziga qaratib qo’yiladi. Hosil bo’lgan solqining yoqa o’mizi joyida kirishtirib dazmollanadi, yelka qismi to’g’ri dazmollanadi. Old bo’lak bo’laklari yeng o’mizini o’ziga qaratib qo’yiladi. Yeng o’mizida hosil bo’lgan solqi kirishtirib dazmollanadi.
    Namlab-isitib bajariladigan ishlar oldin o’ng old bo’lak tomondan, keyin hamma usullar chap old bo’lak tomondan qaytariladi.
    Ort bo’lak qismlarining yengini ichkariga qaratib, qirqimlarini to’g’ri keltirib, biriktirib ko’klanadi yoki to’g’nog’ichlar bilan to’g’nab, o’ng qism tomondan biriktirib tikiladi. Bunda baxyaqator yoqa o’mizidan boshlab, Ayollar ko’ylagi etagi tomonga yuritiladi, uchlari puxtalanadi. Chok kengligi 1.0 sm bo’ladi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




    Download 35,01 Mb.