|
III. Old va ort bo’laklarni biriktirib tikish
|
bet | 59/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA
3.1. Old va ort bo’laklarini yelka, yon qirqimlarini biriktirib tikish
|
UM
|
|
Old va ort bo’laklarni o’ngiga o’ngini qo’yib yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’rilab ko’klanadi. Yon qirqimlarini ham bir-biriga to’g’rilanib, old va ort bel chiziqlariga qo’yilgan kertimlarni bir-biriga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi, so’ngra ko’klanadi.To’g’nog’ich olib tashlanadi va yelka va yon qirqimlar 1.0 chok haqi kengligida universal mashinada biriktirib tikiladi.
|
3.2. Yelka va yon qirqimlarini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Yelka va yon chok haqilarini bir tomonga yotqizib (ort bo’lakka) teskarisidan namlangan mato orqali dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.
|
3.3. Yelka va yon qirqimlarini yo’rmalash
|
MM
|
|
Yelka va yon chok haqi qirqimlarini bitta qilib maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
Mustaqillar ish savol va topshiriqlar.
Old va ort bo’laklarni biriktirib tikishda avval qaysi ish bajariladi?
Yupqa matolarda yeng necha sm chok haqi bilan tikiladi?
Yoqaga yelimli qotirma necha sm ichkari yopishtiriladi?
Yaxlit bichilgan yoqaning qaysi qismiga yelimli qotirma yopishtiriladi?
Yeng uchiga manjet qanday chok bilan tikiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ayollar ust kiyimini tikish. Toshkent “Talqin’nashriyoti. Toshkent – 2003. Ayollar engil kiyimini konstruksiyalash va modellashtirish. “Talqin” nashriyoti, Toshkent – 2003.
2.Tikuvchi, chevar – kiyim tikish texnologiyasidan amaliyot. “Talqin” nashriyoti. Toshkent – 2003.
3.Tikuvchi, chevar. Ishlab chiqarish bo`yicha texnologiya kartalari to`plami. “Talqin” nashriyoti. Toshkent – 2003
|
| |