|
Mavzu nomi Jami
|
bet | 56/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA2-ilova
Tezkor savol javob
1.Ayollar ko’ylagini yoqa turlarni ayting.
2.Ayolar o’ylagini yoqalari nechta detaldan iborat.
3.Ayollar ko’ylagini yeng fasonlarni ayting.
10-MAVZU: Аyollаr ko‘ylаgi yoqа vа engigа ishlov berish
Reja:
1.Adip bilan yaxlit bichilgan yoqa o’rta qismlarini biriktirib tikish va dazmollash texnologiyasi;
2.Yeng qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi;
3.Manjetini yeng uchlariga tikish texnologiyasi;
1.Adip bilan yaxlit bichilgan yoqa o’rta qismlarini biriktirib tikish va dazmollash texnologiyasi. Old va ort bo’laklarini tayyor holatga keltirib qo’yilgandan so’ng ko’ylak yoqasiga ishlov beriladi. Ikki bo’lakdan iborat adip bilan yaxlit bichilgan ustki yoqaga yelimli qotirma yopishtiriladi, bo’laklari qirqimlar bilan biriktirib tikiladi. Ostki yoqa o’rta qirqimlari ham bir-biri bilan biriktirib tikib olinadi. Qaytarma manjetli yengni esa oldin manjeti tayyorlanib olinadi. Manjet yaxlit bo’lakdan iborat hollarda, o’ngini o’ngiga qo’yib yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklari yorib dazmollanadi. Manjet o’ngiga ag’dariladi va ikki bukib dazmollanadi. Yeng qirqimlari biriktirib tikilib yo’rmalangandan so’ngra tayyor manjet qirqimlarini yeng uchi qirqimlariga to’g’ri keltirib, manjetni yengning teskarisiga qo’yib tikiladi, chok qirqimlari yo’rmalanadi.
2.Yeng qirqimlarini biriktirib tikish texnologiyasi. Chok haqini yeng tomonga bukib, biriktirma chokdan 0.1-0.2 sm kenglikda yengga bostirib tikiladi. Tayyor holdagi old va ort bo’laklarini bir-birining ustiga o’ngini o’ngiga qilib ziylari tekislanib yelka va yon qirqimlari ko’klanadi. So’ngra biriktirib tikiladi. Yon qirqimini biriktirib tikishda old va ort bo’lak bel chiziqlariga qo’yilgan kertimlar bir-biriga to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’naladi va ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib mashinada biriktirib tikiladi. Tavsiya etilgan ko’ylakni tikishda oldin old bo’lak relef qirqimlarini biriktirib tikiladi, chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Old bo’lak relef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan relef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani relef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
| |