Tezkor savol javob
Milliy ko’ylakni fasonlari;
Old bo’lak kaketka turlari;
Milliy ko’ylak yoqa fasonlarni ayting;
15-MAVZU: Milliy ko‘ylаk vа lozim uchun model tаnlаsh, modellаsh
Reja:
1.Milliy kiyimlarni
loyihalash xususiyatlari;
2.Milliy kiyimlar uchun material (gazlama tanlash xususiyatlari);
3.Milliy kiyimlarni loyihalashga qo’yiladigan talablar;
1.Milliy kiyimlarni loyihalash xususiyatlari.An’anaviy milliy ko’ylak gavda qismi to’g’ri siluetli, koketka chizig’i bo’ylab burmali bo’ladi. Klassik o’zbekcha ko’ylak koketkasi asosan ko’ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig’i bo’ylab oval shaklida bo’ladi. Old tomonda koketka yaxlit yoki bo’rtli bo’lib, bo’laklari bir-birining ustiga o’tib turadi.
Yoqasi qirqma, yoqa o’mizi bo’ylab yoqa qaytarma qismining shakli har xil bo’ladi. Ko’ylak yoqasiz bo’lishi ham mumkin. Yoqa o’mizining o’yig’i to’rtburchak, uzaytirilgan, dumaloq oval va h.k. shaklida bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda ayollarning milliy o’zbekcha ko’ylagida ma’lum o’zgarishlar bo’lmoqda.
2.Milliy kiyimlar uchun material (gazlama tanlash xususiyatlari).Ko’ylak gavda qismining silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligi va shakliga ko’pgina omillar, shu jumladan moda ta’sir etmoqdaHozirgi o’zbekcha ko’ylakda
turli bezaklar, qo’yma burmalar, aylana burmalar, plisse va h.k. ishlatiladi. Lozim milliy libos (kiyim) turi bo’lib,
u shimdan kengligi, bichimi bo’yicha farq qiladi. Lozim konstruktsiyasi ikkita yaxlit bichilgan simmetrik bo’lakdan iboratdir. Lozim ko’ylak ostidan kiyilgani uchun uning beldan bo’ksagacha bo’lgan qismi gigienik va qulaylik nuqtai-nazaridan ko’pincha ip gazlamadan bichiladi. Og’i xishtakli yoki yaxlit bichilgan bo’ladi. Pochasining kengligi model ko’rinishiga bog’liqdir. Lozim pochasiga manjet yoki jiyak tikiladi.
3.Milliy kiyimlarni loyihalashga qo’yiladigan talablar.Milliy ko’ylak va lozim tikish uchun turli gazlamalar, masalan, (krepdishen, krep-jorjet, atlas, batis, shifon, chit) kabi tabiiy ipak gazlamalar bilan birga zamonaviy materiallar assortimenti (sun’iy shoyi, baxmal,
gazlamasimon trikotaj, velyur va boshqalar) ham ishlatiladi. Astari esa ko’pincha ip gazlama yoki asosiy gazlamadan bichiladi. Milliy o’zbekcha ko’ylak va lozim bichim shakli va gazlama xususiyatiga ko’ra O’zbekiston iqlimi sharoitida kiyish uchun juda qulaydir. Bu sifatlar o’zbekcha ko’ylakning va lozimning ommaviy bo’lib qolishining asosiy sabablaridir. Milliy ayollar ko’ylagi - atlas gazlamasidan tikilgan bo’lib, klassik uslubda, silueti to’g’ri, o’tkazma yenglidir. Orqa va old koketka oval shaklida,
bir bortli, etak qismi burmalangan. Yoqasi – pidjak yoqa. Yengi – kalta. Lozim
– klassik uslubda, uzunligi to’piqgacha, manjetli, xishtaksiz. Milliy ko’ylak va lozim konstruktsiyasini qurish.Milliy ko’ylak konstruktsiyasini 31- modulda keltirilgan ayollar zamonaviy ko’ylagi konstruktsiyasi asosida chiziladi. Milliy ko’ylak konstruktsiyasini qurishda to’g’ri siluetli ko’ylak uchun konstruktiv qo’shimchalar tanlanadi, ularning qiymati material xossalariga qarab o’zgartirilishi mumkin.