• Analitik usulda tuzilgan matematik modelning adekvatligi, ya’ni
aniqligi, modellashtirilayotgan ob’ekt xossalarini
matematik apparat
yordamida qay darajada ifodalanganligigi bilan aniqlanadi. Shu bilan
birga bu usulda modelning adekvatligi
uning yechish usullari
aniqligiga ham yetarli ravishda bog’liq bo’ladi.
• Eksperimental modelning adekvatligi o’tkazilgan tajribalar soniga,
tajriba o’tkazish shart-sharoitlariga hamda tajribani o’tkazishda
foydalanilgan o’lchash asboblarining aniqlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Тajribalar soni qancha ko’p bo’lib, o’lchash
asboblarining aniqlik
darajasi qancha yuqori bo’lsa, olingan natijalar haqiqiy natijalarga
yetarlicha yaqin bo’ladi, ya’ni model adekvat bo’ladi.
• Ob’ektning adekvat matematik
modelini tuzish uchun, birinchidan
ob’ektning barcha xossa va xususiyatlarini to’liq o’rganish
kerak
bo’lsa, ikkinchidan bu xususiyatlarning barchasi qurilgan matematik
modelda o’z aksini topgan bo’lishi zarur.
Shu bilan birga matematik
modelni yechishda foydalaniladigan yechish usuli yetarlicha aniqlikka
ega bo’lishi talab etiladi.