• Eksperimental usulda
  • Aralash usulda
  • Model adekvatligini
  • modellar;  • ham fazoda, ham vaqt bo’yicha o’zgaruvchi  modellar- tarqoq modellar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana21.02.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #159820
    1   2   3
    Bog'liq
    model

    modellar
    • ham fazoda, ham vaqt bo’yicha o’zgaruvchi 
    modellar- tarqoq modellar
    • Statik modellarda tekshirilayotgan ob’ekt vaqtga 
    bog’liq bo’lmagan holda qaraladi, ya’ni masalaning 
    yechimi vaqtga umuman bog’liq emas. Bu holda 
    ob’ekt fazoviy koordinatalarga bog’liq ravishda 
    o’rganiladi.
    • Dinamik modelda esa aksincha, ob’ekt faqat vaqtga 
    bog’liq ravishda o’rganiladi. 


    • Ob’ektni matematik ifodalashda analitik, eksperimental va 
    aralash usullardan foydalaniladi. Analitik usul - fizika, 
    ximiya, biologiya kabi fanlar qonunlaridan foydalanadigan 
    masalalarning matematik ifodasini tuzishga mo’ljallangan. 
    Analitik usulda matematik ifodalash uchun ob’ekt ustida 
    tajribalar o’tkazish shart emas. Tuzilgan matematik 
    ifodalarning murakkabligi analitik usulning kamchiligidir. 
    • Eksperimental usulda ob’ekt ustida tajribalar o’tkazish 
    kerak bo’ladi. Bu usulning yutug’i – ob’ekt xossalarini 
    qisman o’rganib chiqishdan iborat bo’lsa, kamchiligi – 
    ayrim ob’ektlar ustida uzoq vaqt, har xil sharoitlarda ko’p 
    sonli tajribalar o’tkazishning zarurligidir. 
    • Aralash usulda ob’ektni analitik ifodalash va eksperimental 
    tadqiqotlar birgalikda olib boriladi. 


    3.Matemetik modellashtirish bosqichlari. 
    Har qanday ob’ektni matematik modellashtirish bir necha 
    bosqichlarda olib boriladi. Bu bosqichlar quyidagilardan 
    iborat: 
    1. Ob’ektni o’rganish. 
    2. Masalaning matematik modelini qurish. 
    3. Masalaning yechish algoritmini tanlash yoki ishlab 
    chiqish. 
    4. Тanlangan yoki ishlab chiqilgan algoritm asosida 
    kompyuter modelini(dasturini) tuzish. 
    5. Ob’ektning berilgan birlamchi boshlang’ich qiymatlarini 
    dasturga kiritish orqali sonli yoki grafik ko’rinishda 
    natijalar olish hamda ularni tahlil qilish. 


    • Birinchi bosqichda qaralayotgan ob’ektning mexanik, 
    biologik, geometrik va boshqa xususiyatlari hamda ular 
    orasidagi bog’lanishlar batafsil o’rganiladi. Ob’ekt xossa 
    va xususiyatlariga qaysi omillar yetarlicha ta’sir etishi va 
    qaysi omillar esa kam ta’sir etishi aniqlanadi. Kam ta’sir 
    etuvchi omillar modelda e’tiborga olinmaydi.
    • Ob’ektning matematik modelini tuzishda shu ob’ektning 
    asosiy xossa va xususiyatlari matematik munosabatlar 
    yordamida yozib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
    ob’ektni o’rganish jarayonida unga ta’sir etuvchi asosiy 
    omillar 
    matematik 
    apparat(tenglama, 
    tengsizlik, 
    mantiqiy ifoda yoki ularning tizimlari) orqali 
    ifodalanadi. 


    • Algoritm – berilgan masalani yechishda 
    bajarilishi lozim bo’lgan amallarning qat’iy 
    ketma-ketligidir. Har bir masalaning yechish 
    algoritmi bir necha minglab, hatto millionlab 
    amallarni o’z ichiga oladi.
    • Dastur tuzish bosqichida tanlangan yoki ishlab 
    chiqilgan algoritm biror algoritmik til orqali 
    ifodalanadi. 
    Masalani 
    yechish 
    uchun 
    algoritmik 
    til 
    tanlanayotganda 
    uning 
    soddaligiga hamda imkoniyat darajasiga 
    e’tibor berish kerak. 


    • Modellashtirishning 
    oxirgi 
    bosqichida, 
    qaralayotgan ob’ektning boshlang’ich xossa va 
    xususiyatlarini ifodalovchi birlamchi sonli 
    qiymatlar tuzilgan dasturga kiritilib, natija 
    olinadi hamda u atroflicha tahlil qilinib, xulosa 
    chiqariladi. 
    • Model adekvatligini tekshirish. Ob’ekt 

    Download 1,14 Mb.
    1   2   3




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    modellar;  • ham fazoda, ham vaqt bo’yicha o’zgaruvchi  modellar- tarqoq modellar

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish