• Tayanch so’z va iboralar
  • Mavzu: O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Xalqaro baholash dasturi timms dasturi reja




    Download 40,37 Kb.
    bet1/5
    Sana12.02.2024
    Hajmi40,37 Kb.
    #155287
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-mavzu


    Mavzu: O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Xalqaro baholash dasturi TIMMS dasturi
    REJA:
    1.“Qobiliyat” va “pedagogik qobiliyat” tushunchalarining mohiyati.
    2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari.
    3.Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari.
    4.Xalqaro baholash dasturi TIMMS dasturi
    Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik fikr, Ustoz-shogird, kasb- xunar, muallim, murabbiy, mutafakkairlarning fikri, pedagogik odab.
    Qobiliyat bilim, malaka ottirish bular psixologik xususiyatlardir.
    Odamning qobiliyatlari bilim va ko‘nikmalarini egallashda muhim hisoblanadi. Bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi, bularning hammasi juda ko‘p sharoitlarga bog‘liqdir. Qobiliyat taraqqiy etmay so‘lib ham ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur ko‘nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo‘ladi.
    Qobiliyatlar bilim, ko‘nikmalar va malakalarda ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Ya’ni boshqacha aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
    Qobiliyat - bu kishining biror faoliyatiga yaroqligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Pedagogik qobiliyat qobiliyat turlaridan bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishni aniqlab beradi
    Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malaka­lardir.
    Ko‘nikmalar – o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qi­lin­gan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
    Malakalar – o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
    Qоbiliyatlаr bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrdа аks etmаydi, bаlki ulаrni egаllаsh dinаmikаsidа nаmоyon bo’lаdi. Fаоliyat uchun zаrur bo’lgаn bilim vа ko’nikmаlаrni o’zlаshtirish jаrаyonidа yuzаgа chiqаdigаn fаrqlаr qоbiliyatlаr to’g’risidа mulоhаzа yuritish imkоnini bеrаdi.
    Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi.
    Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.

    Download 40,37 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 40,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Xalqaro baholash dasturi timms dasturi reja

    Download 40,37 Kb.