Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari




Download 0,72 Mb.
bet6/27
Sana22.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#249628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ,
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. Ular o’zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

  1. psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog’lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

  2. metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to’g’ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo’llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash;

  3. informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish;

  4. kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

  5. innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

  6. kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish.

  1. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish,
    malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.


  2. Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari

Download 0,72 Mb.