O’z-o’zini baholash shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi pedagogning ham o’zini o’zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi.
O’zini o’zi samarali baholash omillari:
1. O’zini tushunish (o’zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish).
2. Shaxs sifatida o’z qadr-qimmatini anglash (o’zi to’g’risidagi ijobiy ma’lumotlarni to’plash).
3. O’zini-o’zi nazorat qilish (o’zi to’g’risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi.
O’z-o’zini baholash darajasi shaxsning o’z-o’zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o’z-o’zini baholash ko’rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O’zini o’zi oshirib yoki pasaytirib ko’rsatish o’z-o’zini baholash ko’rsatkichlarining noto’g’ri bo’lishiga olib keladi.
Ko’plab manbalarda shaxs tomonidan o’z-o’zini baholash quyidagi formula asosida aniqlanishi ko’rsatilgan:
Formulaga ko’ra, qandaydir yutuqqa erishgach, shaxs tomonidan o’zini o’zi yuqori baholash (yutuqlar hissasini oshirish) yoki o’ziga nisbatan qo’yayotgan talablarni pasaytirish ro’y beradi.
Bizning fikrimizcha, O’O’Bda xolislikka erishishda quyidagi formula ham qo’l keladi:
Ushbu formula bilan ishlashda pedagog quyidagi o’zini-o’zi baholash modeliga tayanib ish ko’rishi mumkin (2-jadval):
2-jadval. O’zini-o’zi baholash modeli
№
|
Mavjud yutuqlar
|
O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari
|
1.
|
|
|
2.
|
|
|
3.
|
|
|
...
|
|
|
Ushbu model asosida o’z-o’zini baholash nihoyatda oson kechadi. Bordi-yu, erishilgan yutuqlar soni o’z-o’zini rivojlantirish vazifalariga nisbatan ko’p (1 dan katta) bo’lsa, u holda pedagog yuqori darajada kasbiy kompetentlikni namoyon etadi. Bordi-yu, yutuqlar va belgilangan o’zini o’zi rivojlantirish vazifalari o’zaro (1 ga) teng bo’lsa, u holda u o’zida o’rta darajadagi kasbiy kompetenlikni ifodalaydi. Agarda, yutuqlar soni belgilangan rivojlantirish vazifalaridan kam (1 dan kichik yoki 0 ga teng) bo’lsa, u holda pedagogning kasbiy kompetentlik darajasi past hisoblanadi va bu holat pedagogdan o’z kasbiy kompetentligini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishini talab qiladi.
Formulada “o’zini o’zi rivojlantirish vazifalari” jumlasi qo’llanilgan ekan, eng avvalo, o’zini o’zi rivojlantirish nima ekanligini tushunish olish lozim.
Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o’z-o’zini rivojlantirishida “Individual rivojlanish dasturi” qo’l kelishi aytiladi.
Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo’lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi.
Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham o’zi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yo’lga qo’yishi zarur.
Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan “Individual rivojlanish dasturi” quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi:
Quyidagi pedagogning “Individual rivojlantirish dasturi”ning namunasi keltiriladi (4-jadval):
|