II Bob. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari




Download 0,72 Mb.
bet12/27
Sana22.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#249628
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

II Bob. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari
2.1. O’quv jarayoni - o’qituvchi kasbiy kompetentligini shakllantirishning muhim omili
Biz o‘qituvchilarning kasbiy nuqtai nazarini tahlil qilar ekanmiz, uning faoliyati ko‘p hollarda loyihalash xususiyatiga ega. Kasbiy kompetensiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibiy qismdan iborat. Kasbiy kompetensiya – bu bilim, mahorat va tajriba uzviyligi bo‘lib, loyihalash mutaxassis faoliyatini ro‘yobga chiqaruvchi omil hisoblanadi.
Tadqiqotchi B.Nazarova o‘zining ilmiy ishida pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik kompetentliligini tadqiq qilishda bir qator ilmiy asarlar asosida uning quyidagi turlari farq qilinishini ta’kidlaydi:
– maxsus tarbiyalanganlik kompetentliligi – kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
– ijtimoiy tarbiyalanganlik kompetentliligi – birgalikdagi (guruhli, kooperativ) kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va, shuningdek, mazkur kasbda qabul qilingan kasbiy muloqot uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy mehnati natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik;
– autokompetentlik – o‘zining ijtimoiy-kasbiy xarakteristikalari haqida adekvat tasavvur va kasbiy destruksiyalarni engib o‘tish texnologiyalarini egallaganlik;
– ekstremal kasbiy kompetentlik – to‘satdan murakkablashgan sharoitlarda, halokatlarda, texnologik jarayonlar buzilganida va h.k.larda ishlash qobiliyati.
Kasbiy tarbiyalanganlik kompetentliligining ko‘rsatib o‘tilgan turlari bunday xilma-xilligiga qaramasdan, mualliflardan hech biri ularni tasniflash mumkin bo‘ladigan umumlashtiruvchi mezon asosini keltirmaydi. Jumladan, ijtimoiy tarbiyalanganlik va ekstremal kompetentliklar tavsiflash uchun turli asoslarga ega, demak, strukturasi, mazmuni va tarbiyalash sharoitlari bo‘yicha farq qiladi. Ravshanki, mazkur muammo hozirgi zamon pedagog va psixologlari ishlarida hali o‘z echimini topadi.
Bugungi kunda ta’lim tizimi anchagina qiyinchilik tug‘dirayotgan, tadqiqotchilar tomonidan turlicha hal etilayotgan masala bilan to‘qnashib turibdi, bu kompetensiya tushunchasining mazmuni va uning chegaralari, uning tarkibiga kirgan qismlarining hajmi masalasidir. YUqoridagi fikrlardan kompetentlikning uch asosiy guruhi ajratib ko‘rsatiladi:
1. O‘z­o‘ziga, shaxs sifatida, hayot faoliyati sub’ekti sifatida munosabatda bo‘ladigan kompetentliklar.
2. Insonning boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlariga taalluqli kompetentliklar.
3. Insonning barcha turdagi va shakldagi faoliyatiga taalluqli kompetentliklar.
SHunday qilib, ta’limga kompetentlik asosida yondashuv ta’lim natijalarining yangi turlarini yuzaga keltiradi.
SHaxsning o‘z kasbiy faoliyatini bajarishi uchun quyidagi shaxsiy sifatlar zarur: ijodkorlik, texnik fikr yuritish, o‘z kuchiga ishonish, o‘z kasb mahoratini tinmay oshirib borish, jarayonlarni emotsional-qat’iylik bilan boshqara bilish, kompe-tensiya yuzaga chiqishi natijalari. SHunday qilib, mutaxassis kasbiy kompetensiyasining mohiyati, mazmuni va tuzilishini aniqlar ekanmiz, kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompe-tensiyasini o‘rganishning asoslariga ega bo‘lamiz. Lekin mutaxas-sisning kasbiy kompetentligini shakllanishida psixologik-pedagogik shart-sharoitlar ham muhim ahamiyatga egadir. Bu haqida keyingi paragrafda fikr yuritiladi.
O‘qituvchini kasbiy kompetentligining shakllanishi uning jamiyatdagi o‘rni, pedagogika ta’lim muassasasidagi majburiyati va vazifalariga hamda individual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchining ijodiy individualligi uning individual xususiyatlari (fikrlashning ilmiy tarkib topganligi, ishga ijodiy yondashishi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi va boshqalar)ning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bo‘lajak kasbiy fan o‘qituvchisining ijodiy individualligini rivojlantirish va takomillashtirishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari qarama-qarshiligini his qilish, ularning echimini topish uchun esa o‘ziga xoslik va maqsadga muvofiqlik kabi kasbiy xislatlarning tarkib topishida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy ijodkor o‘qituvchi pedagogik faoliyatning reproduktiv (esda qolgan narsani tasvirlamoq) usuli va ijodkorlikdan birini tanlashda nafaqat o‘zligini, balki hayotiy maqsadlarini ham ro‘yobga chiqaradi. U o‘zini sifat jihatidan o‘zgartiradi, psixologik to‘siqlarni engadi, kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik konsep-siyasini ishlab chiqadi. Umuman olganda, o‘qituvchining pedagogik faoliyati uchun, birinchidan, innovatsion yo‘naltirilganlik, ikkinchidan, o‘z ishiga ijodkorona yondoshuv, individuallik kabi xususiyatlari juda muhimdir. Ijodkor o‘qituvchi o‘z-o‘zini takomillashtirmay turib, individuallikni rivojlantirmay, kasbiy kompetentligini shakllantirmasdan kasbiy faoliyatda yuqori mavqega erishish mumkin emasligini to‘g‘ri anglab etadi. SHu sababli ham kasbiy zarurat bo‘lgan sifatlarni hayotiy maqsad sifatida rivojlantirmay turib, yangi texnologiyalarni egallashi mumkin emas. Aynan ushbu ikki yo‘nalishni pedagogning ijodiy individualligining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilish mumkin. O‘qituvchining pedagogik uslubi - bu shaxs tomonidan o‘z individual-ligini kasbiy faoliyat shart-sharoitlarini uyg‘unlashtirish tizimi, shaxs ijodkorligining manbai va ijodiy faoliyat natijasi ko‘rinishida o‘zligini namoyon qilish vositasidir.
O‘qituvchining individualligida psixologik hamda shaxsiy jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning pedagogik faoliyati umumiy va kasbiy qobiliyatlarning, shuningdek, kasbiy motiva-siyaning namoyon bo‘lish darajasi bilan belgilanadi. Etarli darajada rivojlangan qobiliyatlar, maqsadlar, ehtiyojlar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, o‘qituvchining kasbiy mahorat darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida rivojlanishni ta’minlovchi asosiy ziddiyat inson qobiliyatlari hamda pedagogik faoliyat talablari o‘rtasidagi tafovut bilan belgilanadi. Pedagogik jarayonda yuzaga keluvchi ziddiyatlarni har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida hal qiladi. Bu faoliyat o‘qituvchining individual uslubini belgilab beradi.
O‘qituvchida o‘z-o‘zini boshqarish, qat’iylik, jur’atlilik, jasurlik, atrofdagi insonlarga hurmat va e’tibor, kamchilik-larini his qilgan holda o‘z imkoniyatlariga ishonch, faoliyatini baholashda haqqoniylik, kuchli iroda, o‘z kuch-quvvatini maqsadli yo‘naltira olish, faoliyat va belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo‘lida imkoniyatlarini jamlay olish, belgilangan maqsadni amalga oshirishda faoliyatini to‘g‘ri boshqarib borish, aqliy faollik va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish, shaxsni harakatga keltiruvchi kuch hamda ijtimoiy olam bilan o‘z imkoniyatlarini qiyoslay olish sifatlariga ega bo‘lsagina yuksak kasbiy mahorat darajasiga erisha olishi mumkinligi aniqlangan.
SHakldan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar ekan, bular:
1) motivatsion omil – o‘quv hamda kasbiy harakatlarni eski qarashlardan holi bo‘lgan holda amalga oshirishga intilish,ijodiy qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish hamda bu boradagi yutuqlarga, ijodiy jarayonlarga intilish, topilgan echimlardan qoniqish hosil qilish. Bunda etakchi motivlar – o‘zining yangi echimlarini topishga qiziqish, ijodiy faoliyatini tashkil etishga intilishdir, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlik hamda yangilikka intilish motivlari shakllantiriladi;
2) intellektual omil – muammoli ta’lim ko‘nikmalarini egallaganligi (muammoni ko‘ra bilish, uni shakllantirish, muammoni hal etish yo‘llarini topish va hokazolar), fikrlashning kreativligi (nostandart echimlar qabul qiluvchi shaxsning botiniy qobiliyati), moslashuvchanligi hamda tizimliligi, ijodiy tasavvur, modellashtirish, loyihalash, bashorat qilishga, yangi g‘oyalarni topishga moyillik. Fan nuqtai nazaridan yuzaga keladigan muammolarni to‘g‘ri hal qilishda o‘qituvchiga berilgan bilimlardan ijodiy tasavvur qilish hamda yangi g‘oyalarni topishga intilish seziladi;
3) irodaviy omil – izlanish davomida, modellashtirish hamda o‘quv va kasbiy vazifalarni hal qilish uchun o‘z faoliyat yo‘lini yaratishda iroda sifatlarini namoyish qilish. Fanlarda berilgan individual topshiriqlarni bajarishda o‘qituvchining irodaviy sifatlari va izlanish faoliyatlari shakllanadi;
4) hissiy omil – izlanuvchanlik, kashfiyot va ixtirolarni amalga oshirishga xos hissiyotlarning namoyon bo‘lishi, o‘quv hamda kasbiy faoliyatda kreativ echimlarni topish yo‘lida ziyrak bo‘lish. Bunda o‘qituvchidagi emotsional omil shakllanadi;
5) amaliy-predmetli omil – atrofdagilarga g‘ayrioddiy bo‘lgan xulq egasi bo‘lish (yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish topa olish, noan’anaviy echimlar izlash, fikrlash, harakat va amallarning atrofdagilar uchun kutilmagan yo‘nalishda o‘zgarishi). Bunda o‘qituvchidagi individuallik namoyon bo‘ladi;
6) o‘z-o‘zini boshqarish omili – ijodiy jarayonda refleksiya qila olish qobiliyati, o‘z fikrlarini zarur yo‘nalishda boshqara olish, yangi echimlar, g‘oyalar topish imkonini beruvchi manbalarga intilish, o‘z ijodiy faolligini ta’minlash uchun mustaqil ravishda sharoit yarata olish. O‘qituvchining ijodkorligini, yangi echimlar va g‘oyalar topa olishda mustaqil ishlay olishini ko‘rsatadi.
Kelajakda o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarda psixologik-pedagogik komponentlardan biri, bu «esda saqlash» shaxsiy sifatining ma’lum darajada yuqori bo‘lishi taqozo qilinadi. Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan ishlar tuzilishiga ko‘ra bir nechta bilimlarning integratsiyasi, o‘zaro aloqadorligi va undan foydalanish metodikasini o‘z ichiga oladi. Professor T.R.Tolaganov o‘z tadqiqotlarida,– «O‘qituvchi har doim o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dialogida qatnashadi, chunki o‘quv materialiga muvofiq xulosa chiqarishi uchun u o‘zining bilimlar blokiga tez-tez murojaat qilib turadi»,- deb ta’kidlagan .
Har bir o‘qituvchi imkoniyatiga, asosan bilimga bo‘lgan intilishiga ko‘ra o‘zining axborot maydoniga ega bo‘ladi. Bu bilimlar tuzilmasiga ko‘ra, texnik va texnologik mazmundagi, psixologik-pedagogik, falsafiy, fizik-matematik hamda boshqa ko‘rinishdagi bilimlar to‘plami bo‘lib, o‘qituvchi qaysi yo‘nalishga mos bilimlar kerakligiga tayangan holda, shu mazmundagi bilimlarni axborot maydonidan ajratadi. Bu bilimlarni chuqurlashtirib talab qilingan maqsadda foydalanishga harakat qiladi.
SHu sababli har bir o‘qituvchi uchun o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlar mazmuniga nisbatan uni o‘zlashtirish darajasi kasbiy xarakterga egadir. Boshlang‘ich holatda bilimlar ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi d

Download 0,72 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II Bob. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari

Download 0,72 Mb.