• Multimedia
  • Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari




    Download 0,72 Mb.
    bet15/27
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #249628
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

    Elektron taqdimot - slaydlardan mashg’ulotlarda namoyish va ko’rgazmali material sifatida foydalanish umum ta`limo’qituvchisiga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Beriladigan axborot materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o’tkazilayotgan mashg’ulotlarning o’zlashtirilishini engillashtiradi va ko’rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o`quvchilarga tarqatma materiallar sifatida ham tarqatish mumkin.
    Slaydlarga nisbatan o`quvchilar o’zlarining fikrlarini bayon etishlari mumkin va bu orqali ular olib borilayotgan mavzu bo’yicha xulosalar va savollarni shakllantirish malakalariga ega bo’ladilar.
    Umum ta`limi o’qituvchisiga bunday metodika yangi axborotlarni ko’payib borishi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini o’zgarishi bilan ma’lum bir mavzuga mo’ljallangan slaydni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
    Ta`lim jarayoniga zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, eng avvalo, pedagogik-psixologik talablarga javob berishi kerak. Ta`lim jarayonida pedagogik va psixologik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish uchun quyidagi omillar muhim hisoblanadi:

    • taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, ko’rgazmali, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi;

    • taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining o’zaro optimal variantida berilishi;

    • taqdimot materiallarining bayon etilishi o`quvchiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

    Berilayotgan axborotlar mashg’ulot mavzusining mazmuniga mos bo’lishi bilan birga o`quvchilarda zarur ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, o`quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma’lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning o`quvchilar tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari muayyan amallarni ongli, muntazam, rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. O’quv mashg’ulotlarni o’tkazishda foydalanishi mumkin bo’lgan vositalarni quyidagicha guruhlash mumkin:
    Multimedia - mashg’ulotlarda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, xatto videofilmlardan foydalanilishini ta’minlaydi.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari

    Download 0,72 Mb.