|
III – Bob. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari
|
bet | 18/27 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #249628 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedIII – Bob. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari
3.1 Tajriba sinov ishlarini tashkil etish metodikasi
Pedagogik adabiyotlarda bu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta’kidlab o’tiladi. Darhaqiqat, har qanday pedagogik jarayon o’z mohiyatiga ko’ra o’qituvchi hamda o`quvchi o’rtasida yuzaga kelib, o’zida didaktik yoki tarbiyaviy xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy-pedagogik g’oyalar aynan ta’lim yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o’rganish, tahlil etish va umumlashtirish asosida shakllanadi. Shu sababli ilmiy izlanishni olib borishda muammo bo’yicha amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari yagona, yaxlit pedagogik tizimning yadrosi sifatida namoyon bo’ladi.
O’qituvchilarda kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosini tadqiq etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda yuqorida qayd etilgan fikrlarga tayanib ish ko’rildi. Dastlab tajriba- sinov ishlarini olib borish yuzasidan maxsus dastur va ishchi reja ishlab chiqildi.
Maxsus dasturda o’qituvchilarda kasbiy kompetentligini shakllantirishga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad, bu borada hal etilishi ko’zda tutilgan vazifalar, tajriba-sinov ishlarining tashkil etilish bosqichlari, har bir bosqichning xususiy maqsadlari, ularning nazariy tahlilini o’tkazilish shartlari kabi holatlar o’z ifodasini topdi. Quyida maxsus dasturning mazmuni haqida so’z yuritiladi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan o’qituvchilarda kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatini yaratuvchi pedagogik shart-sharoitlar va omillarni aniqlab chiqishdan iborat. Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsadga erishish quyidagi pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish hisobiga ta’minlandi:
Mazkur maqsadni amalga oshirish, umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish imkonini beruvchi tadqiqot ishlarini tashkil etdik.
Tadqiqot vositasida quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy hal etilishi nazarda tutiladi.:
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir suhbatlar tashkil etish, test so’rovi yoki anketa so’rovlarini o’tkazish.
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga to’sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash.
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni aniqlash.
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus metodikani tajriba sinovidan o’tkazish.
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga erishish.
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish.
Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari 2015-2016, 2016-2017 o’quv yillari davomida uch bosqichda olib borildi. Tajriba maydoni etib, Buxoro shahridagi 12, 17 va Olot tumanidagi 6-son maktablari o`quvchilari belgilandi. Tajriba maydonlaridan sinov ishlariga jami 47 nafar o`quvchi jalb etildi. Jami sinaluvchi-o`quvchilar amaliyotga tatbiq etilgan metodika samaradorligini xolis baholash maqsadida tajriba hamda nazorat guruhlariga biriktirildilar. Tajriba guruhlaridagi sinaluvchi-o`quvchilarning soni 24, nazorat guruhidagi sinaluvchi-o`quvchilarning soni esa 23 nafarga teng bo’ldi.
Tajriba guruhida dissertant tomonidan tavsiya etilayotgan hamda umum mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi darajalarini shakllanishini ta’minlashga yordam beruvchi metodika asosida amaliy faoliyat yo’lga qo’yilgan bo’lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o’quv-tarbiya ishlari olib borildi.
Shunday qilib, umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishni olib borishda tajriba - sinov ishlarini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Sinov ishlari umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid maxsus dastur asosida tashkil etildi.
|
| |