|
Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari
|
bet | 26/27 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #249628 |
Bog'liq Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedYuqori daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini chuqur anglaydilar, kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatda amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratga ega bo’lishligi bu yo’lda amaliy harakatlarni tashkil eta bilishligi va unga to’la rioya eta oladilar.
O’rta daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini yetarlicha anglaydilar, kasbiy kompetentlikni oshirish davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni o’zlarida shakllantirish ehtiyojini doim ham namoyon etavermaydilar. Qolaversa, o’zlarida kasbiy mahoratni shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Quyi daraja - kasbiy kompetentlikni oshirish, tayanch tushunchalarning mohiyatini deyarli anglamaydilar, kasbiy mahorat davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni o’zlarida shakllantirish ehtiyojiga ega emaslar, shuningdek, o’zlarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etmaydilar.
Shunday qilib, umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi ta’minlandi. Unga ko’ra tajriba guruhlariga biriktirilgan sinaluvchi-o`qituvchilarda kasbiy kompetentlikni nazorat guruhlaridagi kasbdoshlaridan farqli ravishda sezilarli darajada shakllantirishga erishildi.
III BOB BO’YICHA XULOSA
Umumta’lim maktab o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi quyidagicha belgilandi:
Umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari bilan bog’liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida «Kasbiy kompetentlik» tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu muammoni pedagogik tayyorgarlikka nisbatan qo’llash shart-sharoitlari belgilandi.
Bizning nazariy qarashlarimiz asosida pedagogika fanining metodik ta’minoti shartlari aniqlandi va umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlari belgilandi.
Tarbiya nazariyasi va amaliyoti tahlili shuni ko’rsatdiki, o`qituvchilarning ayrim bosqichlarida mahorat, bilimni egallashda ijodiy xususiyat hosil bo’ladi. Bu xususiyatlarning har biri alohida farqlanuvchi belgilari va shartlariga mos keluvchi tomonlariga ega bo’ladi.
Umumta`lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishning didaktik shartlari, usullari, bosqichlari, ko’rsatkichlari aniqlandi.
Tajriba tahlili va nazariy tadqiqot natijalari umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishni tashkil etishda rahbarning yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, kasbiy mahorati masalasining muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga egaligini tasdiqladi.
XULOSA
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”4 - deb ta’kidlagan edi.
Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda umumta’lim maktab o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilab olindi.
Bo’lg’usi o`qituvchi o’z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko’rsatish bilan yoshlarning faolligini, his-tuyg’usini, xatti-harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi.
Har bir mashg’ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg’ulot o’yin, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi:
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Umumta’lim maktab o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularda zarur bilimlarning samarali o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ta’lim texnologiyalarini qo’llash keng imkoniyatlarni yaratadi.
Ilmiy izlanishni olib borish davrida modul ta’limi, muammoli ta’lim, interfaol ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, hamkorlik ta’limi va o’yin texnologiyalari kabi ta’lim texnologiyalari umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning puxta o’zlashtirilishi, shuningdek, ularda ishni samarali tashkil etish ko’nikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlay olishi aniqlandi. Garchi, mustaqil ta’lim, individual ta’lim, tabaqalashtirilgan ta’lim, dasturiy ta’lim, masofaviy ta’lim hamda innovatsion ta’lim ham umumta’lim maktab o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini samarali shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lsa-da, biroq, ularni o’qitish jarayonida samarali qo’llay olish uchun muayyan vazifalarni hal etish zarurligini ko’rsatdi.
Ta’lim muassasalarida o’qitishda ta’lim texnologiyalarini qo’llashning mavjud holatini o’rganish bu yo’lda fan o’qituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat natijalarining mavjud imkoniyatlar darajasidan past ekanligini ko’rsatdi. Bu holat tajrib-sinov ishlari davrida sezilarli o’zgarishlarni sodir etish zarurligini taqozo etadi. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda masalaning bu jihatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining modul ta’limi, muammoli ta’lim, interfaol ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, hamkorlik ta’limi va o’yin texnologiyalari asosida tashkil etilishi bo’yicha darslarning samarali tashkil etilishini ta’minlash bilan birga umumta’lim maktab o’qituvchilari tomonidan o’quv materiallarining puxta o’zlashtirilishi uchun qulay sharoitni hosil qildi.
Ta’lim muassasalarini o’rganishda ta’lim texnologiyalarini qo’llashga yo’naltirilgan sinov ishlari mazmunining batafsil ishlab chiqilishi amaliy tajribani samarali tashkil etilishini ta’minladi.
Tajriba avvali va yakunida o`qituvchilarning kasbiy kompetentlikka ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tadqiqot davrida mezonlarni ishlab chiqish zarurligiga ishonch hosil qilindi.
Tadqiqotning ilmiy natijalari asosida oliy pedagogik ta’lim tizimida umumta’lim maktab o’qituvchilarida kasbiy kompetentligining shakllanganligini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif etiladi:
ta’lim tizimida umumta’lim maktab o’qituvchilarining o‘quv ijodiy tayyorgarlik tuzilmasi va mazmunini zamonaviy talablari asosida modernizatsiya qilib borish;
maktabda mustaqil ta’lim olishga umumta’lim maktab o’qituvchilarining o‘quv ijodiy tayyorgarlik sifat va samaradorligini oshirish omili sifatida qaralib, uni uzviy va uzluksiz tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish;
o`qituvchilar mustaqil ta’limi (mustaqil o‘rganishga ishtiyoq va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirish) tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish;
o‘quv yurtlarida mustaqil ta’lim olishning axborot texnologiyalarini (xususan, masofali ta’lim texnologiyasini) ishlab chiqish va uzluksiz rivojlantirish chora tadbirlarini ishlab chiqish.
|
| |