• Abduhalimova Mahbuba Abdumalik qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi mahbubaabduhalimova@gmail.com Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Pedagogning kasbiy kompetentligini




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana06.02.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #152251
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Saidova P 374-384 JUSR



    374 
    PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI 
    RIVOJLANTIRISH YO’LLARI 
    Saidova Parvina Mirzo qizi 
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi 
    parimirzaevnadtpi@gmail.com
     
    Abduhalimova Mahbuba Abdumalik qizi 
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
    mahbubaabduhalimova@gmail.com
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi va uni 
    rivojlantirish yo’llari, kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari, 
    kompetensiya tushunchalarining o’zaro uzviy bog’liqligi va farqlari haqida 
    keltirilgan.
    Kalit so’zlar: qobiliyat, salohiyat, “o’qituvchi-o’quvchi” o’zaro aloqasi, 
    o’z-o’zini rivojlantirish, rahbarlik, faoliyat, kasbiy kompetentlik, kompetensiya. 
    Kirish. 
    Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – jamiyat va davlat uchun har 
    tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z 
    ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan 
    shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. 
    Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning 
    ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy 
    salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga 
    kelinadi. “Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha 
    keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya - 
    shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda 
    ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi.
    Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini 
    o‘zida aks etiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va 
    tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, 
    madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda 
    o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida 
    pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, 
    yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun 


    375 
    zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi 
    hisoblanadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib 
    boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish 
    ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Shu nuqtai–nazardan Respublikamizning 
    Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish
    ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb 
    masalaga duch kelmoqdamiz. Bizning fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini 
    o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy 
    bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, 
    murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi.

    Download 0,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,64 Mb.
    Pdf ko'rish