Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
-
murakkab jarayonlarda;
-
noaniq vazifalarni bajarishda;
-
bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
-
kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda;
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis quyidagilarni o’zlashtirishi lozim:
1-rasm. Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassisning sifatlari.
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi;
377
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965
yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining
umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida
bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «uquv»,
«kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilgan.
Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim
islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuv e’tirof etildi.
Pedagogning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik,
tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini,
ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir.
Pedagogik kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
1.
Qobiliyatni aniqlash
2.
Tarbiyalash va shakllantirish
3.
Chiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish)
4.
Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish)
5.
Rahbarlik cho‘qqisi
Kompetensiya tushunchasi haqida ko’p fikrlarini bildirganlar ichida o’zbeg
pedagog olimlari ham bor. Bularda B. Xodjayev, A. Musurmanova, N.
Saidahmedov, A. Muslimov, E. Yuzlikaeva, R.D. Risqulova, A.E. Kenjaboyevlar
ilmiy tadqiqot ishlarida va amaliy metodik maqolalarida ta’lim jarayonida
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish uzluksiz ta’lim
muassasi o’qituvchilarining kompetensiyasi va unga qo’yiladigan didaktik
talablar ushbu atamasining mohiyatini, uning tarkibiy qismlari haqida o’z
fikrlarini bayon qilgan.
Kompetensiya muammosi va uning turlari nafaqat bizda balki MDH
mamlakatlati
olimlarining ham tadqiqot mavzusi bo’lib kelmoqda.
Kompetensiyaning turlarini tasniflanishiga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud.
Jumladan, N.A. Muslimov va M.B. O’rozovalar kasbiy ta’lim nuqtai nazaridan
kompetensiyalarni 5 turga ajratadi:
|