Pedagogning individual rivojlanish dasturi -




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana06.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#152251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saidova P 374-384 JUSR

Pedagogning individual rivojlanish dasturi - mutaxassis sifatida pedagogning 
individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, ko‘nikma, 
malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga 
tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi hisoblanadi.
Xulosa. 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik 
mahorat va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, 
katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga 
qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. 
Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, 
unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, o‘quv materialini 


381 
o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol 
fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini 
hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta 
olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u 
kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va 
mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u 
bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi. 
O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini va uning 
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga 
ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. 
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi 
orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka 
oshirish o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon 
beradi. 
Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini 
to‘g‘ri tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi 
va darslariga joriy eta olishni talab etadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni 
vujudga keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, 
fan o‘qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko‘nikma malakalari va 
shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogning individual rivojlanish dasturi -

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish