|
-rasm. Kompetensiyaning turlariBog'liq Saidova P 374-384 JUSR2-rasm. Kompetensiyaning turlari
Kasbiy kompetentlik deganda mutaxassis dunyoqarashining kengligi, uning
ishbilarmonlik mahorati va shaxsiy sifatlari, bilim, ko’nikma hamda malakalariga
suyangan holda to’g’ri qarorlar qabul qila olishi tushuniladi. Oliy ta’lim
o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan
birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ta’minlanishi kerak. Bolajak o’qituvchilarining
nazariy va amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va melodlarda
bo’lmasin, quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi:
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi;
2. Kasbiy bilim va ko’nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib
borishi;
3. Bo’lajak kasbiy-pedagogik faoliyat bilan funksional bog’liqlik:
4. Talabalar amaliy faoliyatining ko’rgazmaliligi;
5. O’z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat
yurgazishga intilish va mas’uliyal hissini shakllanishi;
6. Bo’lajak o’qituvchilarda nazariy va amaliy bilimlar hamda ko’nikmalarini
takomillashishi natijasida kompetensiyani shakllanishi va rivojlanishi.
Bu
tamoyillarining
barchasi
kelajakda
o'qituvchi
kasbiy-pedagogik
kompetensiyasining
nazariy-ilmiy,
amaliy
finksional,
pedagogik-psixologik
Maxsus kompetensiya - yetarli yuqori darajada o’z kasbiy faoliyatini
egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalash.
Ijtimoiy kompetensiya - kasbiy faoliyat, hamkaorlikni egallash, o’z mehnati
natijalariga ijtimoiy javobgarlik.
Shaxsiy kompetensiya - shaxshiy mustaqil aks etish va mustaqil rivojlanish
usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini egallash.
Individual kompetensiya - kasb doirasida individuallikni mustaqil qo’llash va
rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o’sish, mustaqil tashkil qilish va
mustqail reabilitatsiya qilishga tayyorlash.
|
| |